Mamluklar (arab tilida. — qul, xususan — oq qul) — Misrda hukmronlik qilgan Ayyubiylar sulolasi (11711250)ning soʻnggi hukmdorlari qoʻshinini tashkil qilgan, naslnasabi turkiy va Kavkaz xalqlari (gruzin, cherkas va boshqalar)dan boʻlgan quljangchilar. Ularni yoshligidan oʻgʻirlab olib ketishgan va maxsus harbiy ilmga oʻrgatishgan. Ular nihoyatda qahrli, jasur boʻlgan. Eng jasurlari oddiy M.dan sarkarda, podsho darajasigacha koʻtarilgan. Ulardan ayyubiylarning xos qoʻshini (gvardiya) tashkil etilgan. Mamluklar 1250-yildan Misrda (1517-yilgacha) va Suriyada (1516-yilgacha) davlatni mustaqil boshqarishgan. M.ning 2 sulolasi (Bahriylar va Burjiylar) mavjud boʻlgan[1].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil