Manba so`zi arab tilidan kelib chiqgan منبع منابيع نبع— daryoning boshlanish (suv oladigan) joyi (muzlik, qorlik, buloq, botqoqlik). Koʻpincha, M. deb oqimning doimiy oʻzani boshlanadigan joyga aytiladi. Koʻp sonli manbalarga ega boʻlgan daryo tizimida uzoqroqdagisi va eng sersuvlisi bosh M. hisoblanadi. Baʼzida daryoning bosh oʻzani va uning manbasi turli nomlarda boʻlishi mumkin, masalan, Amudaryo — Panj va Vaxsh daryolari, Sirdaryo — Norin va Qoradaryo, Zaraf-shon — Mastchoh va Fondaryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.