Mansur II (Somoniy) — Movarounnahr hukmdori (997 — 999)[1]. Somoniylar sulolasi vakili. Nuh II ning oʻgʻli va vorisi.

Mansur II

G'aznaviy tangasi. Somoniylar hukmdori Mansur II hukmdor sifatida ko'rsatilgan.
Somoniylar davlati amiri
Saltanat 23-iyul, 997 — 2-fevral, 999
Oʻtmishdoshi [[ Nuh II]]
Davomchisi Abdulmalik II
Farzandlari Ahmad II
Dynasty Somoniylar
Otasi Nuh II
Dini Ahl as-Sunna val-Jamoa

Mansur II otasining o‘rniga amir bo‘lganida hali yosh edi. Mansur II Somoniylar hokimiyati butunlay parchalanib ketgan bir paytda saltanat tepasiga keldi.

Somoniylarning bu bosqichdagi muammolaridan biri, ularning vazirlari turk harbiylari bilan doimo kelishmovchilikda bo‘lgan. Jumladan, Sobuqteginning oʻgʻli Mahmud otasining koʻrsatmasi bilan 995-yilda amir qarorlariga katta taʼsir koʻrsatgan Nuh II ning vaziri Abdulla bin Azizni ishdan boʻshatadi.

Bu davrda turk rahbarlari mamlakatning mutlaq xoʻjayinlari boʻlganlar. Somoniylar hududi Foiq, Bektuzun va Mahmud oʻrtasida boʻlingan va 998—999-yillarda ular bir necha marta oʻzaro urushib, oxir-oqibat sulh tuzgan. Turk rahnamolari somoniy amirni qoʻllarida o‘yinchoq qilib qo‘yganlar, zaif Somoniy amir esa ularning barcha xohishlariga rozi bo‘lib, mol-mulk va yer ajratib berganlar.

Bu orada Foiq va Bektuzun Mansur II ning Mahmud Gʻaznaviy bilan ularga qarshi kelishuv tuzishidan cho‘chidilar[2]. 999-yil uyg‘ur askari Bektuzun boshchiligida amirga qarshi fitna uyushtiriladi. Mansur II fitnani bostirish maqsadida Saraxsga qoʻshin tortadi. Ittifoqchilar Bektuzun va Foiq shu yilning yanvarida Saraxsda amir Mansur II ni hibsga olib, ko‘zlarini oʻyib oladilar[3]. Ukasi Abdumalik II ni amir etib tayinlaydilar. Mansurning agʻdarilishidan Gʻazna hukmdori Mahmud Gʻaznaviy somoniylar qoʻl ostida boʻlgan Xurosonning qolgan qismini zabt etish uchun bahona sifatida foydalangan[4]. U Bektuzunni magʻlub etib, Xurosonning muhim shaharlarini egallab oladi va Xuroson amiriga aylanadi. Ilexon Qoraxoniy ham 999-yil oktabr oyida somoniylar oilasini himoya qilish bahonasida Buxoroga kirib, amir va barcha somoniy vakillarini hibsga olib, Oʻzgan shahriga surgun qiladi.

Manbalar tahrir

  1. Minhaj-i-Siraj Tabaqat-i Nasiri 107-bet, Lahore Sangmil Publications 2004
  2. Bosworth 1963, 45-bet
  3. William Bayne Fisher, Richard Nelson Frye. The Cambridge History of Iran, Volume 4 (inglizcha). Cambridge University Press, 26-iyun 1975 — 159 bet. ISBN 0-521-20093-8. 15-iyul 2023-yilda qaraldi. 
  4. „MANSUR II IBN NUH“ (2013-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.

Somoniylar sulolasi

Ahmad I (819 - 864)

Buxoro Amirlari
Nosir I (864 - 879)
Ismoil (879 - 888)
Nosir I (888 - 892)

Moveraunnahr hukmdorlari
Nosir I (875 - 888)
Ismoil (888 - 907)
Ahmad II (907 - 914)
Nosir II (914 - 943)
Nuh I (943 - 954/5)
Abdulmalik I (954/5 - 961/2)
Nosir III (961/2)
Mansur I (961/2 - 976/7)
Nuh II (976/7 - 997)
Mansur II (997 - 999)
Abdulmalik II (999)
Ismail II (999 - 1004/5)