Manuel Karlos Valls Galfetti (fransuzcha: Manuel Carlos Valls Galfetti, 1962-yil 13-avgust, Barselona, Ispaniya) – kelib chiqishi kataloniyalik fransuz davlat va siyosat arbobi, Sotsialistik partiya aʼzosi (2017-yilgacha), 2012-yil 15-maydan 2014-yil 31-martgacha Fransiya ichki ishlar vaziri. 2014-yil 31-martdan 2016-yil 6-dekabrgacha Fransiya Bosh vaziri[1][2].

Manuel Valls
Fransiya Bosh vaziri
Mansab davri
2014-yil 31-martdan – 2016-yil 6-dekabrgacha
Prezident François Hollande
Oʻtmishdoshi Jean-Marc Ayrault
Vorisi Bernard Cazeneuve
Fransiya ichki ishlar vaziri
Mansab davri
2012-yil 16-maydan – 2014-yil 1-aprelgacha
Hukumat boshligʻi Jean-Marc Ayrault
Oʻtmishdoshi Claude Guéant
Vorisi Bernard Cazeneuve
Évry
Mansab davri
2001-yil 18-martdan – 2012-yil 24-maygacha
Oʻtmishdoshi Christian Olivier
Vorisi Francis Chouat
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Manuel Carlos Valls Galfetti

13-avgust 1962-yil (1962-08-13) (61 yosh)
Barselona
Siyosiy partiyasi mustaqil

Biografiyasi tahrir

Manuel Valls 1962-yil 13-avgustda Ispaniyaning Barselona shahrida tugʻilgan[3]. Uning otasi tomonidan bobosi Ispaniyadagi katolik respublika gazetasining bosh muharriri edi[4]. Fuqarolar urushi yillarida u trotskiychilar va anarxistlar tomonidan taʼqibga uchragan ruhoniylarni oʻz uyida boshpana qilgan va Fransisko Frankoning gʻalabasidan keyin oʻz ishini tark etishga majbur boʻlgan[5]. Manuelning otasi kataloniyalik rassom Xaver Valls (1923-2006), Barselonada tugʻilgan[6]. 1940-yillarning oxirida Parijga koʻchib oʻtdi va boʻlajak rafiqasi, Ticino kantonidan boʻlgan italyan tilida soʻzlashuvchi shveytsariyalik Luisangela Galfetti bilan uchrashdi[7]. Manuelning amakisi shveytsariyalik arxitektor Aurelio Galfetti[en] hisoblanadi[8].

17 yoshida Manuel Valls prezidentlik saylovlarida sotsialist Mishel Rokarni qoʻllab-quvvatlash uchun Fransiya Sotsialistik partiyasiga qoʻshildi. 1982-yilda 20 yoshida Fransiya fuqaroligini olgan[9]. Parij universitetining tarix fakultetini tamomlagan[10].

1983-yildan 1986-yilgacha Ardeche departamenti deputati Robert Chapuisning parlament attashesi boʻlgan. 1988-yilda Fransiya Sotsialistik Federatsiyasining birinchi kotibi boʻldi. 1986-1992-yillarda mintaqaviy maslahatchi, 1998-2002-yillarda Ile-de-Frans viloyati birinchi vitse-prezidenti. 1988-yildan 1998-yilgacha Val-d’Ua departamentida Argenteuil shahri merining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1988-yildan 1991-yilgacha Fransiya Bosh vaziri Mishel Rokarning maxsus maslahatchisi boʻlgan. 1989-yildan 2005-yilgacha Grand Orient de France mason tashkilotining aʼzosi boʻlgan. U „Na Xudo, na ustoz“ lojasining aʼzosi edi[11]. 1995-yilda Sotsialistik aloqalar partiyasining milliy kotibi lavozimini egalladi va 1993-yilda partiyaning milliy byurosi va milliy kengashi aʼzosi boʻldi. 1997-yildan 2001-yilgacha Fransiya Bosh vaziri Lionel Jospin idorasida tashqi siyosat va matbuot bilan aloqalar uchun mas’ul boʻlgan. 2001-yilda Sotsialistik partiyadan prezidentlikka nomzod saylovida Valls Francois Holland bilan raqobatlashdi. 5,6% ovoz oldi, ammo magʻlubiyatidan soʻng tezda yaqindagi raqibining saylov kampaniyasiga qoʻshildi va uning asosiy tashkilotchilaridan biriga aylandi[12]. 2001-yilda Parij chekkasidagi Esson departamentining Evri shahri meri boʻldi va 2008-yilda bu lavozimga qayta saylandi va taxminan 70% ovoz toʻpladi[13]. 2002-yilda Fransiya Milliy Assambleyasiga Esson saylov okrugidan deputat etib saylangan[14], 2007-yilda va 2012-yil iyunida ikki marta qayta saylangan. 2009-yil iyun oyida Manuel Valls Sotsialistik partiyadan dastlabki saylovlarda ishtirok etishini eʼlon qildi[15]. 2012-yilda prezidentlik saylovlarida qatnashib, beshinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar tahrir

  1. Lʻhomme qui veut être le Sarko de la gauche (Archive.is saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan), ʻʻLe Pointʼʻ, #1820, 2-avgust]] 2007, pp. 24–27.(Fransuzcha)
  2. Biographie de Xavier Valls (Wayback Machine saytida 3-may]] 2015 sanasida arxivlangan) on claude-bernard.com website
  3. „City Mayors: Manuel Valls — Mayor of Evry“. 2021-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
  4. Press, Associated „French Prime Minister Manuel Valls to step down, run for president“. Fox News (2016-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 10-mart.
  5. „L'homme qui veut être le Sarko de la gauche, actualité Politique — Le Point“. 2012-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
  6. Ratier, Emmanuel „Emmanuel Ratier répond aux menteurs de Canal+“ (fr). E&R (2014). Qaraldi: 29-may]] 2014.
  7. „Премьерский Вальс — Франция — RFI“. 2014-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-aprel.
  8. Ana María Preckler, ʻʻHistoria del arte universal de los siglos XIX y XXʻʻ, Editorial Complutense, 2003, vol. II, p. 509; ISBN 9788474917079. (isp.)
  9. „manuel-valls — Recherche Le Point.fr“. 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
  10. Manuel Valls | Portail du Gouvernement
  11. Un franc-maçon nommé Manuel Valls (Wayback Machine saytida 2020-08-11 sanasida arxivlangan)(Fransuzcha)
  12. „Новым премьером Франции стал Мануэль Валльс — BBC Russian — В мире“. 2014-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-aprel.
  13. „Мануэль Вальс — «тореадор» французского правительства | euronews, mir“. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-aprel.
  14. „Assemblée nationale ~ Les députés : M. Manuel Valls“. 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
  15. „Биография Мануэля Вальса | RIA Novosti“. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-aprel.