Anna Magnani (7-mart 1908-yil — 26-sentyabr 1973-yil) italyan film aktrisasidir. „Eng yaxshi aktrisa“ (inglizcha: Best Actress) nominatsiyasida Oscar (Akademiya) mukofoti bilan taqdirlangan.[1][2] Estradaning komik sahnalarida va fojiaviy spektakllarda ham bir xil muvaffaqiyat qozongan qamrovi keng sanʼatkorlardan. Magnani ijrosida fojiaviylik komediya bilan uytunlashib ketishi, obrazda koʻtarinkilik, keng koʻlamli ulugʻvorlik, noziklik asosiy oʻrin tutadi. „Rim — ochiq shahar“, „Yoʻldagi orzular“, „Sevgi“, „Eng goʻzal“, „Roma ona“ filmlaridagi rollari bilan jahonga tanildi. Magnani Hollywood filmlari — „Tatuirovkali atir gul“ („Oscar“ mukofoti), „Yovvoyi shamol“ (Gʻarbiy Berlin mukofoti) da ham suratga tushgan.[3]

Anna Magnani

Tavalludi 7-mart 1908-yil
Vafoti 26-sentyabr 1973-yil(1973-09-26)
(65 yoshda)
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya
Kasbi Aktrisa
Mukofotlari

Filmografiyasi tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Akademiya mukofoti nomzodlari hamda gʻoliblari“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 26-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2013-yil.
  2. „Oldest/Youngest Acting Nominees and Winners“ (inglizcha). Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 1-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2014-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir