Maqam (arab. — joy, parda, ton), makam (turk.) — arab va turk mumtoz musiqasida asosiy tushunchalardan biri: 1) parda (ton, nagʻma) lar tizimi. Yarim va chorak tonli tovushqator tartibiga asoslanadi. Arab anʼanaviy musikasida Rast, Zarkula, Duka, Kurd, Sikax, Busalik, Charka, Xigaz, Nava, Hisor, Husayni, Agam, Auj, Mahur, Kardan, turk musikasida Yegah, Nim Hisar, Ashiran, Ajam Ashiran, Irak, Rast, Zirgyule, Dugah, Segah, Puselik, Sargah, Hijaz, Neva pardalari mavjud; 2) muayyan badiiymantiqiy ichki tartibga asoslangan tovushqatorlar tizimi {lad, tetraxord, pentaxord, geksaxordlar). Pardalarning oʻzaro birikmalari nihoyatda xilma-xil, murakkab va koʻpsonli boʻlsada, ularning asosiylari arab musiqasida 9 ta — Agam (Ajam), Nihovand, Rast, Bayati, Saba, Xigaz, Kord, Sigah va Navesar, turk musiqasida 13 ta — Chargah, Puselik, Kurdiy, Rast, Ushshaq, Huseyniy, Neva, Hijaz, Humayun, Uzzal, Zengule, Karchigar, Syuzinek kabi asosiy M. mavjuddir. Arab va turk M.lari oʻzining kelib chiqishi, nazariy tizimlari, ijrochilik anʼanalari va badiiy-estetik mazmuni jihatidan oʻzbek va tojik maqom sanʼati bilan tarixan uzviy bogʻliqdir.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil