Maqbara (arab, marqad, turbat) — biror mayitning jasadi joylashgan meʼmoriy inshoot yoki tosh tobut (daxma, sagʻana). M. usti qubbali chortoqli bino boʻlib, ramziy gʻoyalarni oʻzida ifodalagan. Chortoq — yer kurrasini ifoda etuvchi barqaror shakl, qubba — osmon gumbazi ramzi, bular birgalikda Koinotni anglatgan. „Koinot modeli“ ning bu tarzda barpo etilishi borliqning Alloh tomonidan yaratilgani haqidagi aqidaga muvofiklashtirilgan.

Sharqda dastlab qabr ustiga biror tosh qoʻyish, imorat qurish man etilgan boʻlsada 9-asrdan xalifalar sharafiga M.lar kurila boshlangan. Movarounnahrda ham 9-asrdan maxsus M.lar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar (podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli M.lar qurilgan. Oddiy M. gumbazli chorsi xonadan iborat boʻlgan, unga peshtoqli eshik orqali kirilgan (qarang Arabota maqbarasi). Baʼzan xonaning 4 tomoni ravokdi-chordara shaklida boʻladi (qarang Somoniylar maqbarasi), keyinchalik M. qurilishi tobora murakkablasha borib, unda ziyoratxona, goʻrxona, tagxonasardoba kabi maxsus xonalar paydo boʻlgan (Yassaviy maj-muasi, Amir Temur mafarasi, Toj mahal maqbarasi, Shohizinda ansambli va boshqalar).

Adabiyot tahrir

  • Mankovskaya L., Bulatova V ., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978; Oʻzbekiston: Islom obidalari, T., 2002.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil