Mariah Carey (talaffuzi: Meraya Keri; 27-mart 1969-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, aktrisa va produserdir. Carey 1990-yilda oʻzining ismi bilan atalgan Carey albomini chiqarish ortidan shuhrat qozondi. U, shuningdek, ilk besh ashulasi ham Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni band etgan ilk artist hisoblanadi.

Mariah Carey

Carey 2018-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 27-mart 1969-yil (1969-03-27) (55 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Leybl
  • Columbia
  • Crave
  • Virgin
  • MonarC
  • Island
  • Def Jam
  • Epic
  • Legacy
  • Butterfly MC
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 2
Janr
Hamkorligi
Faoliyat yillari 1988 – hozirgacha
Veb-sayt mariahcarey.com

Careyning ilk albomi Columbia Records studiyasi ijrochi produseri Tommy Mottola koʻrsatmalari asosida chiqarildi. Keyinchalik, Carey va Mottola turmush qurishdi. Carey Music Box (1993), Merry Christmas (1994) va Daydream (1995) albomlari hamda Billboard Hot 100 chartida choʻqqiga erishgan „Hero“, „Without You“, „All I Want for Christmas Is You“, „Fantasy“, „Always Be My Baby“ va „One Sweet Day“ singllari ortidan xalqaro miqyosda shuhrat qozondi. Mottola bilan ajrashganidan soʻng, Carey hip hop janrining koʻproq unsurlarini oʻz ichiga olmish Butterfly (1997) albomini ommaga havola etdi.

Carey hamma vaqtlarning eng koʻp audioyozuvlarini sotgan artistlardan biri boʻlib, shu kunga qadar umumjahon boʻylab 220 milliondan oshiq audioyozuvini sotgan. Uning oʻn toʻqqiz ashulasi Billboard Hot 100 chartida choʻqqiga erishgan. U yakkaxon artist, ayol qoʻshiqnavis va ayol produser sifatida ashulalari eng koʻp birinchi pogʻonani egallaganligi ortidan rekord oʻrnatgan.[1] Carey VHIning musiqadagi 100 ta eng buyuk ayol roʻyxatida ikkinchi oʻrindan joy oldi. Carey koʻplab yutuqlarga, jumladan besh marta Grammy Awards, oʻn toʻqqiz marta World Music Awards, oʻn marta American Music Awards va oʻn besh marta Billboard Music Awardsga sazovor boʻlgan.[2]

Diskografiyasi tahrir

  • Mariah Carey (1990)
  • Emotions (1991)
  • Music Box (1993)
  • Merry Christmas (1994)
  • Daydream (1995)
  • Butterfly (1997)
  • Rainbow (1999)
  • Glitter (2001)
  • Charmbracelet (2002)
  • The Emancipation of Mimi (2005)
  • E=MC² (2008)
  • Memoirs of an Imperfect Angel (2009)
  • Merry Christmas II You (2010)
  • Me. I Am Mariah… The Elusive Chanteuse (2014)
  • Caution (2018)

Turnelari tahrir

  • Music Box Tour (1993)
  • Daydream World Tour (1996)
  • Butterfly World Tour (1998)
  • Rainbow World Tour (2000)
  • Charmbracelet World Tour (2003—2004)
  • The Adventures of Mimi (2006)
  • Angels Advocate Tour (2009—2010)
  • The Elusive Chanteuse Show (2014)
  • The Sweet Sweet Fantasy Tour (2016)
  • The Number 1’s Tour (2018)

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. Trust, Gary (16–dekabr 2019–yil). „Wish Come True: Mariah Carey's 'All I Want for Christmas Is You' Hits No. 1 on Hot 100 After 25-Year Wait“. Billboard. Qaraldi: 16–dekabr 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Mariah Carey to Perform at 2015 Billboard Music Awards“ (5-may 2015-yil). Qaraldi: 9-may 2015-yil.

Havolalar tahrir