Mariya antuanetta

Fransuz inqilobiga qadar Fransiyaning so'nggi qirolichasi

Mariya antuanetta (Marie -Antoinette) (1755.2.11, Vena — 1793.16.10, Parij) — Fransiya qirolichasi, fransuz qiroli Lyudovik XVI ning xotini (1770-yildan), Avstriya imperatori Frans I va imperatritsa Mariya Tereziyannng qizi. Buyuk fransuz inqilobi oldidan oʻyinkulgi, maishatga ulkan mablagʻlar sarflayotgan M. A. (shu tufayli unga "kamomad xonim" deb laqab qoʻyishgan) moliya islohoti oʻtkazishga, saroy harajatlarini qisqartirishga uringan ministrlarni (A. Tyurgo, J. Nekker) isteʼfoga chiqishga majbur qilgan. Inqilob boshlanishi bilan aksilinqilobiy fitnalar va chet el intervensiyasi rahnamosi. Monarxiya agʻdarilgach (1792-yil 10 avgust), qamoqqa olinib, sud qaroriga binoan boshi tanasidan judo (gilotina) qilingan.[1]

Mariya Antuanetta

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil