Mark Allan Hoppus (15-mart, 1972) amerikalik musiqachi, produser va televoshlovchidir. U Blink-182 pop punk va +44 alternativ rok guruhlarining baschi va vokalchisidir. Ikkala guruhni tuzishda qatnashgan. Hoppus shuningdek Idiot Pilot, New Found Glory, The Matches va Motion City Soundtrack guruhlar uchun albomlar chiqarishda ishtirok etdi. 2010-yil 16-sentabridan Fuse TV kanalida Hoppus on Music haftalik shouni boshlab kelmoqda.[1]

Mark Hoppus

Mark Hoppus jonli ijro paytida (2011)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Mark Allan Hoppus
15-mart 1972-yil (1972-03-15) (52 yosh)
Fuqaroligi Qoʻshma Shtatlar
Kasbi Qoʻshiqchi, shoir, teleboshlovchi, musiqa produseri
Guruh Blink-182, +44, City (Comma) State, Box Car Racer, Motion City Soundtrack, The Ataris, All Time Low, New Found Glory, Good Charlotte, Simple Plan, Less Than Jake, Owl City
Janr Pop punk, alternativ rok, punk rock, skate punk
Faoliyat yillari 1988—bugun

Kaliforniyaning Ridgecrest shahrida tavallud topgan Hoppus bolaligini u uchinchi sinfda oʻqiyotganida ajrashgan ota-onasining uylariga navbatma-navbat koʻchib oʻtkazdi. Skeytbord va punk rock musiqaga qiziqdi, oʻn besh yoshida ota unga bas gitara olib berdi. Singlisi Anne uni kursdoshi Tom DeLonge bilan tanishtirgunicha Hoppus turli guruhlarda gitara chalib yurdi. Hoppus va DeLonge keyin Blink-182 guruhiga asos solib, keng shuhratga erishishdi. Blink-182 2005-yili tarqalib, Hoppus Travis Barker bilan +44 guruhini tuzdi. 2009-yili Blink-182 qayta yigʻildi. Biroq Hoppus +44 loyihasini „tugadi“, deb hisoblamaydi.[2]

Manbalar tahrir

  1. „Coming to Fuse This Fall: Hoppus on Music“. Fuse.tv (2010-yil 22-iyun). 2010-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyun.
  2. Alternative Press Magazine. „Interview with Mark Hoppus“. 2009-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-may. (WebCite saytida 2009-05-19 sanasida arxivlangan)

Havolalar tahrir