Mart genotsidi yoki Mart hodisalari — 1918-yil 30-mart va 3-aprel sanalari orasida Boku shahrida va Boku gubernatorligining turli hududlarida, shuningdek, Shamaxi, Guba, Xachmaz, Lenkoran, Hojiqabul, Salyan, Zangazur, Qorabogʻ, Naxchivon va boshqa hududlarda Boku Soveti va Doshnoqsutyundan boʻlgan arman qurolli guruhlarining ozarbayjonlarga qarshi uyushtirgan qirgʻinlari. Rasmiy manbalarga asosan genotsid natijasida 12 mingga yaqin ozarbayjon qatl qilindi, oʻn minglab inson bedarak yoʻqoldi.[1][2][3]

Mart genotsidi
Bolshevik inqilobi

1918-yil 31 mart voqealaridan keyin Shoh masjidi.
Sanalar 30-mart-2-aprel 1918-yil
Urush yeri Ozarbayjon, Kavkazorti Demokratik Federativ Respublikasi
Natija Bolshevik va Doshnoqsutyun gʻalabasi
Raqiblar
 SSSR Bolsheviklar
 Armenia Doshnoqsutyun
 Azerbaijan Musovot Partiyasi
Qoʻmondonlar
 SSSR Stepan Shaumyan
 Armenia Andranik Ozanyan
Yoʻqotishlar
2 500 12 000

Ozarbayjon umummilliy lideri Haydar Aliyevning 26-mart 1998-yildagi Qarori bilan 31-mart Ozarbayjonlarning Genotsid kuni deb eʼlon qilindi.

Ozarbayjonning turli hududlarida uyushtirilgan jinoyatlar tahrir

 
1918-yil 31 mart voqealaridan keyin Shoh masjidi
 
Ozarbayjonning Boku shahrida qurbonlar Eronlik konsul bilan
 
4-mart 1918-yil
 
2-mart 1918-yil
 
1918-yilgi Baku ko'chalarida o'liklarni yo'q qilish
 
1918-yil mart kunlari Baku tatar qirg'og'ida ro'y bergan
 
Ozarbayjon qurbonlari
 
Ozarbayjon qurbonlari
 
"Buyuk Armaniston" orzusi.
 
Stepan Shaumyan
 
Mamed Amid Rasulzade
 
1-mart 1918-yil
 
3-mart 1918-yil
 
5-mart 1918-yil
 
6-mart 1918-yil
 
1-mart 1918-yil

Boku tahrir

1918-yil mart oyida Bokuda siyosiy vaziyat keskinlashdi. Boku Soveti uchun oʻtkazilgan saylovlarda „Musovot“ning katta ovoz koʻpligi bilan gʻalaba qozonishi bolsheviklarni va doshnoqlarni jiddiy ravishda tashvishlantirardi. Janubiy Kavkazning eng kuchli siyosiy partiyasiga aylangan „Musovot“ Ozarbayjonning hududiy muxtoriyati va siyosiy hokimiyat yoʻlida kurash olib borardi. Shaumyan boshchiligidagi bolshevik kuchlari Arman Milliy Kengashi va „Doshnoqsutyun“ partiyasi rahbarlari bilan birgalikda „Musovot“ga qarshi asl kurash boshladilar. Bokuda Ozarbayjon milliy kuchlarining ozligi va yomon qurollanganligini yaxshi bilgan Shaumyan musulmonlarga „dars berish“ uchun milliy qirgʻinga tayyorlanardi. 29-martda shaxsiy hayʼati musulmonlardan iborat boʻlgan „Evelina“ kemasining Bokuda Bolshevik kuchlari tomonidan qurolsizlantirilishi milliy qirgʻin boshlash uchun bahona boʻldi.[4]

Ertasi kuni shaharning janubiy qismida arman askarlari koʻrindi. Ular barcha koʻcha boʻylab okop qazib, tuproq va toshlardan toʻsiqlar qura boshladilar. Oʻsha kuni Musulmon Xayriya Jamiyati binosida oʻtkazilgan majlisga kelgan Ter-Mikaelyans Arman Milliy Kengashi va „Doshnoqsutyun“ partiyasi nomidan agar musulmonlar bolsheviklarga qarshi chiqish qilsalar, armanlar ham ularga qoʻshilishini va bolsheviklarning Bokudan quvilishiga yordam berishlarini bayon etdi. 18-martda (yangi maʼlumotlarga koʻra 31-mart — A.I.) erta tongdan shaharning musulmonlar yashaydigan hududlariga hujum boshlandi. Armanlarning yolgʻon vaʼdalariga ishongan ozarbayjonlar avval shaharda nima sodir boʻlayotganini tushunolmadilar. Hujum arafasida barcha armanlar shaharning ozarbayjonlar yashagan qismidan armanlar yashaydigan qismga oʻtdilar. Ozarbayjonlar yashagan qismda xristianlardan ruslar va gruzinlar qolgandi. Boku Sovet kuchlariga rahbarlik qilgan S.Shaumyanning arman harbiy qismlaridan foydalanishi bu qirgʻinni yana-da chuqurlashtirdi. Bolsheviklarni himoya qilish bahonasi bilan arman harbiy kuchlari turk-ozarbayjon aholisiga vahshiylarcha hujum qildilar. Boku Soveti ham, uning tuzgan armiyasi ham asosiy qismi armanlardan iborat edi. Doshnoqlar ozarbayjonlarga milliy armiya tuzishga toʻsqinlik qilar, Sovet nomidan foydalanib, millatchi-shovinist siyosatini gʻayrat bilan amalga oshirar, Boku, Shamaxi va Ozarbayjonning boshqa hududlarida turk-musulmon aholisiga qarshi qirgʻinlar tayyorlardilar. Chegaradan chiqqan va vahshiylashgan arman zoʻravonlari tinch ozarbayjon aholisini qirish uchun eng shafqatsiz usullarni qoʻllardilar. Favqulodda Tergov Komissiyasi aʼzosi A.Y.Kluge bu komissiya raisiga „Boku shahri ozarbayjon aholisiga qarshi uyushtirilgan zoʻravonliklarga doir ish toʻgʻrisida“gi maʼruzasida yozardi: „Yaxshi qurollangan, taʼlim olgan arman askarlar koʻp miqdorda pulemyotlar vositasida hujum qilardilar. Armanlar ozarbayjonlarning uylariga kirib, bu uylarda yashovchilarni qirar, ularni qilich va xanjar bilan maydalab, nayzalar bilan ilma-teshik qilishar, bolalarni yonayotgan uy oloviga otar, uch-toʻrt kunlik chaqaloqlarni nayza uchiga sanchib oʻynatar, oʻldirilgan ota-onalarning emizikli bolalariga ham rahm qilmas, hammani yoppasoga oʻldirardilar“.[4]

Ozarbayjonlarni qirishdan tashqari armanlar ularning uy-joylarini ham vayron qilishar, qimmatli ashyolarni esa oʻzlari bilan olib borardilar. Keyinchalik bir yerning oʻzidan 57 ozarbayjon ayol va qizlarning jasadlari topildi. Ularning quloqlari, burunlarini kesib, qorinlarini yorgandilar. Tergov Komissiyasi hujjatlariga asosan maʼlum boʻldiki, 1918-yil mart genotsidi vaqti Boku shahrida 12 minggacha turk-ozarbayjon oʻldirildi. Aksariyatining hatto jasadlari topilmadi.[4]

Talonchilar „Kaspiy“ gazetasi redaksiyasining va „Dogʻiston“ mehmonxonasi binolarini, „Iskandariya“ni, „Ismoiliya“ni ham yoqdilar. Bu qirgʻinlarda faqatgina Ozarbayjon musulmonlari emas, barcha Kavkaz musulmonlari ham zarar koʻrdilar.[4]

Mart genotsidida yaxshi tashkil etilgan harbiy qismlardan tashqari arman ziyolilari, yoshlari ham ishtirok etardilar. Talonchilar hatto oʻz tanishlariga ham rahm qilmasdilar. Bokuda yuz bergan fojiali hodisalar shaharga yetarlicha katta zarar berdi. Epidemiya avj olib minglarcha inson qirilgan, aholining suv, oziq-ovqat bilan taʼminlanishi toʻxtagandi. Bozor va doʻkonlarda deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari tugagandi. Talonchilar barcha oziq-ovqat zahirasini yigʻib olib ketgandilar.[4]

Shamaxi tahrir

Qadimiy Ozarbayjon shahri Shamaxi dahshatli talon va vahshiyliklarga duchor boʻldi. Shamaxi shahri va Shamaxi uyezdida armanlarning uyushtirgan vahshiyliklari haqida 7 jild, 925 varaqdan iborat tergov materiallari toʻplandi. Bu yerda zoʻravon S.Lalayev boshchiligidagi askarlar va T. Amirov guruhi oʻzidan ketib, ozarbayjonlarni talab barbod qilardilar. Shamaxining ozarbayjonlar yashagan qismining bariga oʻt qoʻyildi. 13 mahalla masjidi va mashhur muqaddas oʻchoq — Juma masjidi yondirildi. Bu masjid musulmonlarga ham qiblagoh, ham qadimiy obida sifatida aziz edi. Arman talonchilari minglab tinch aholini qatl qildi.[4][5]

Favqulodda Tergov Komissiyasi aʼzolari 1918-yil oktyabr va noyabr oylarida bu borada tayyorlagan maʼruzada hududda hali ham chirigan jasad qoldiqlari borligini taʼkidlardi. Shamaxi uyezdining ozarbayjonlar yashagan taxminan 80 qishlogʻining taqdiri ham xuddi shunday boʻlgandi. Doshnoqlar uyushtirgan vahshiyliklarning chek-chegarasi yoʻq edi.[4][5]

Tergov Komissiyasiining Shamaxi uyezdi qishloqlarida olib borgan tadqiqotlarining — guvoh ifodalari, jabrlanuvchilarning ifoda bergan protokollari, rasmiy idoralarining aholi soni va uy-joylarining qiymati haqidagi maʼlumotlari, oʻlgan va yaralanganlar roʻyxati va boshqalar asosida 53 qishloq boʻyicha tuzilgan yakuniy aktlarda har bir qishloq boʻyicha oʻldirilganlar soni va har qishloqqa keltirilgan zararlar miqdori koʻrsatilgan. Bu aktlardagi raqamlarga asosan, Shamaxi uyezdining 53 qishlogʻida armanlar 8027 ozarbayjonni qatl qilganlar. Ulardan 4190 nafari kishi, 2560 nafari ayol va 1277 nafari yosh bola boʻlgan. Bu qishloqlarga kelgan umumiy zarar oʻsha davrning qiymati bilan 339,5 million manat edi. Tergov Komissiyasi hujjatlaridan aniq boʻladiki, Shamaxi shahrining ozarbayjon aholisiga keltirilgan zarar oʻrta hisob bilan bir milliard manatdan koʻp boʻlgan.[4][5]

Guba tahrir

Oldindan tuzilgan reja boʻyicha doshnoq-bolshevik qoʻshini Shamaxini ishgʻol qilgach, Guba uyezdiga qoʻshilishi kerak edi. Xachmazda yashagan armanlar bu borada xabardor etilgan, ularga yetarlicha qurol va oʻq-dorilar joʻnatilgan. 1918-yilning ilk oylaridan Guba uyezdida minglab inson, tinch aholi, ayollar, bolalar va qariyalarning azob va qiynoq bilan qatl qilinishi dahshatli va aqlga sigʻmaydigan darajadagi qirgʻin edi. Guba fojiasi siyosiy maqsadda uyushtirilgan edi. Qirgʻinlarda arman doshnoq kuchlaridan tashqari bolshevik askarlari ham ishtirok etardi. Arman jallodlari hokimiyatsizlikdan mahorat bilan foydalanib, Gubada katta qirgʻinni amalga oshirardilar.[4]

Fojiani xarakterlovchi asosiy jihat shundaki, Guba uyezdida qirgʻinlar oldindan rejalashtirilgan va bunga keng tayyorgarlik ishlari koʻrildi. Chunki qirgʻin boshlash uchun bahona milliy kurash boʻlishi mumkin edi. Arman doshnoq kuchlari dunyoning har tomoniga armanlarning goʻyo ozarbyjonlar tomonidan bosimga uchragani haqida telegramlar joʻnatardilar.[4]

Armanlar bolsheviklar yordami bilan Guba uyezdida uch marta qirgʻin uyushtirdilar. Gubaga hujum qilganlar orasida oʻzini bolshevik sifatida tanitgan va 2 ming askarga boshchilik qilgan David Gelovanidan tashqari bolshevik Sturua ham bor edi. Uning guruhida ming askar bor edi. Ulardan avval esa Muradyan boshchilik qilgan 2 ming arman askar Guba uyezdida qirgʻin uyushtirdi. Ushbu guruh birinchi jahon urushida oʻzini rus chorizmining eng yaqin ittifoqchi sifatida tanilgan „Doshnoqsutyun“ partiyasi askarlaridan iborat edi. Uyezdga kelgan ishgʻolchilarga 300 dan ortiq jangarisi boʻlgan Avakov va Vartanning mahalliy armanlardan iborat zoʻravonlar guruhi ham yordam berardi. D.Gelovani Gubadan haydalganda aholiga tahdid qilgan, tez orada bu yerga armanlarning maxsus taʼlim olgan jazo dastalarining kelishini aytgandi. Vatan tarixshunosligidan maʼlumki, uning tahdididan 10 kun soʻngra Bokudan toʻp va pulemyotlar bilan qurollangan arman qoʻshini Gubaga keladi. Hamazasp guruhi Gubaning kirishidan boshlab yuqori qismigacha shaharni yoqa boshladi. Doshnoqlar koʻchada oldilaridan chiqqan barcha odamlarni oʻqqa tutar, yerga yiqilgan yaradorlarning badanlarini nayzalar bilan ilma-teshik qilar, koʻzlarini oʻyardilar. Yaqinlikdagi oʻrmonga qocha olmaganlar uylariga kirib eshikni qulflab olardilar. Ularni uylaridan majburan chiqarib, turgan joyida otib tashlashar yoki oldilariga solib maydonga olib borardilar. Shu tarzda Gubada bir necha soat davomida yuzlab insonlar qatl qilindi. Hamazasp Bokudan Shaumyan rejimidan ham topshiriq olgandi: Guba uyezdida barcha ozarbayjonlarni qirib tashlash, ularning turar joylarini tor-mor qilish. Keyin esa bu qirgʻinni sunniy va shia mazhablari orasidagi toʻqnashuv sifatida koʻrsatish niyatida edilar. Tergov materiallaridan shu maʼlum boʻladiki, 1918-yil 1-mayda Gubaga kirgan doshnoq-bolshevik birlashmalarining soni 5 mingdan ortiq edi. Shu sababli ham ular tinch aholini bemalol qira oldilar. Ularning vahshiyligini tasavvur etish uchun ikki kun davomida faqat Gubaning oʻzida 4 mingga yaqin musulmonlar oʻldirilganini eslash kiyofadir. Bu raqam Guba aholisining beshdan bir qismi degani edi.[4]

Doshnoqlar Guba, Gusar va Xachmaz hududining oʻzida 26 masjidga oʻt qoʻygandilar. Hamazaspning vahshiyliklari natijasida 1918-yilning ilk besh oyi davomida Guba uyezdida ketma-ket 16 mingdan koʻp inson oʻldirildi. Alohida manbalarga va guvohlarning soʻzlariga asosan qirgʻin vaqti 12 mingga yaqin lazgi, 4 mingdan ortiq ozarbayjon va tat aholisi oʻldirildi. 1918-yil qirgʻinlari vaqti doshnoq-bolshevik birlashmalari Guba uyezdida 162 qishloqni vayron qildi, hozirgi kunda bulardan 35 donasi mavjud emas.[4]

Lenkoran tahrir

Usmoniylar qoʻshinining Bokuni ozod qilishidan biroz avval Lenkoranga ikki ming nafarlik arman guruhi kelib mahalliy aholiga zarar bera boshlaydi. Ular musulmon choyxonalariga kirib, u yerdagilarni haqorat qilar, pul berishdan bosh tortar, ularni Usmoniy turklaridan asrash uchun okop qazishga majbur qilardilar. Ish shu darajaga yetib bordiki, arman askarlari muharram oyi marosimlari oʻtkazilgan masjidlarga kirib, marosim oʻtkazishga musulmonlarga xalaqit berardilar. Musulmon aholi diniy marosimlarini oʻtkazish uchun masjidga yigʻilgan vaqtlari armanlar u yerga kirib musulmonlarga xalaqit berar, masjidni esa yoqishga harakat qilardilar. Armanlar bu hududda yuzlab xonadonni vayron qildilar va minglab begunoh insonni halok etdilar.[4]

Goʻkchoy uyezdi tahrir

Goʻkchoy uyezdining Kurdemir qishlogʻida doshnoqlar 56 uy va doʻkonni, 127 qoʻrgʻonni, ikki masjidni yoqib, mahalliy imom uyini talon-toroj qildilar. Uydagi Qurʼon tafsiriga oid boy kutubxonadan gulxan yoqib, Qurʼonning oʻzini tahqir etdilar. Goʻkchoy uyezdida Jangi (Jayli), Qoravelli, Qorabujaq, Mustafoniy, Xalil-Qosimbey, Arab-Mehdibeyli, Sadali qishloqlari va boshqa joylar ham vayron qilindi.[4]

Komissiya raisi Xasmammadov tashqi ishlar vaziriga Parij sulh konferensiyasida qatnashgan vakillar hayʼatiga taqdim qilish uchun Boku, Shamaxi, Guba shaharlarida, Shamaxi, Goʻkchoy, Javod va Guba uyezdlarida turk-musulmon aholisiga qarshi doshnoq-bolshevik ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan vahshiyliklarni isbotlovchi maʼlumotlar yetarli ekanini yozgan. Lenkoran uyezdi polkovnik Avetisovning qurolli guruhi tomonidan, Javod uyezdining bir qismi esa polkovnik Illarinovich boshchiligida boshqa guruh tomonidan, Irevan gubernatorligida, Ganja gubernatorligining toʻrt uyezdida — Jabroyil, Javanshir, Shusha Zangazurda katta vayronkorlikni amalga oshirib, ozarbayjon aholisini talaganlar.[4]

Zangazur uyezdi tahrir

1918-1920-yillarda arman vahshiyliklaridan eng koʻp aziyat chekkan Ozarbayjon hududlaridan biri Zangazur uyezdi boʻldi. Doshnoq kuchlarining tajovuzi natijasida bu uyezdning Shusha bilan aloqalari butunlay, Jabroyil uyezdi bilan qisman kesildi. Arman qishloqlaridagi qurolli kuchlar guruhi bilan birga bu uyezdda general Andranikning arman askarlaridan iborat kuchli qurollantirilgan qoʻshinining mavjudligi uyezdning musulmon aholisi vaziyati ogʻirlashgandi.[4]

Favqulodda Tergov Komissiyasi hujjatlaridan maʼlum boʻlishicha, 1918-1919-yillarda Sisyan tumanining birinchi politsiya boʻlimida boʻlgan barcha musulmon qishloqlari, ikkinchi politsiya boʻlimida boʻlgan qishloqlarning aksariyati, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi politsiya boʻlimidagi musulmon qishloqlarining koʻp qismi vayron qilindi. Baʼzi qishloqlar butunlay yoʻq qilinib, ularning yerlari armanlar tomonidan ekin ekish uchun shudgor qilingandi. 50 mingdan ortiq musulmon qochqin qisman toʻrtinchi politsiya boʻlimida, qisman Jabroyil uyezdida oʻzlariga boshpana topgandilar.[4]

Favqulodda Tergov Komissiyasi maʼruzasida Zangazur uyezdida 115 musulmon qishlogʻining armanlar tomonidan vayron qilinib, butunlay yoʻq qilib yuborilgani qayd etilgan. Vayron qilingan barcha qishloqlar nomlari bu hujjatlarda keltiriladi. Favqulodda Tergov Komissiyasi hujjatlariga asosan 115 qishloqda jami 3257 erkak, 2276 ayol va 2196 bolalar oʻldirilgan, 1060 erkak, 794 ayol va 485 bola yaralandi. Natijada yolgʻiz Zangazur uyezdining oʻzida komissiya maʼruzasi tayyorlangungacha 10068 nafar ozarbayjon oʻldirildi va yaralandi. Maʼruzada qayd qilinishicha, bu dahshatli raqamlar hali arman vahshiyliklari haqida toʻliq maʼlumot bermaydi. Chunki bundan koʻp musulmon arman vahshiyliklarining qurboni boʻldi. Faqat oʻsha vaqtdagi gʻalayonlar sharoitida ularni aniqlashning imkoni boʻlmagan. Zangazur uyezdining 100 dan ortiq musulmon qishloqlari vayron qilingan, oʻn minglab chorva va yuz minglab qoramol armanlar tomonidan olib ketilgan, bogʻlar, oziq-ovqat zaxiralari va oʻtloq maydonlariga oʻt qoʻyilgan, vayron qilingan, bir soʻz bilan aytganda uyezdning musulmon aholisining iqtisodiy vaziyati falokatli holatga borib qolgandi. Armanlar tomonidan uyezdning Ozarbayjonning turli qishloqlariga qochib ketgan aholisiga 1 milliard manatga yaqin moddiy zarar berildi.[4]

Armanlarning Zangazur aholisiga qarshi hujumlari 1919-yil dekabr oyidan qaytadan shiddatli tus oldi. Noyabr oyida armanlar musulmonlar yashagan Oʻqchi, Otqiz, Shabadan, Pirdavdan qishloqlariga qarshi keng harbiy amaliyot boshladilar.[4]

Arman millatchilarining ozarbayjonlarga qarshi Zangazurdagi vahshiyliklari 1920-yil boshlarida chidab boʻlmaydigan darajaga chiqdi. Shu yilning yanvaridan Zangazurda yuz bergan barcha hodisalarning bilvosita tashkilotchisi aynan Ararat Respublikasining oʻzi edi. Bu yerda ham asosiy maqsad Zangazur uyezdini butunlay musulmonlardan tozalab, Parij Sulh Konferensiyasi davlatlarining qoʻli bilan bu yerni Armaniston tarkibiga qoʻshish edi.[4]

Irevan uyezdi tahrir

1918-yil mart oyigacha Irevan uyezdining 199 ozarbayjon qishlogʻi, 1919-yil sentyabr oyigacha esa Echmiadzin uyezdiga tegishli 62 ozarbayjon qishlogʻi butunlay yakson qilingandi. 1919-yil oxirlarida esa Zangibasarning bir necha qishloqlaridan boshqa Irevan uyezdining, shu jumladan, Vedibasarning barcha qishloqlari vayron qilingan, aholisi vayshiylarcha oʻldirilgan, sogʻ qolganlar jonlarini qutqarish uchun boshqa yerlarga qochdilar. Aholi Eron, Usmoniylar va Ozarbayjondan boshpana topdilar. Irevan shahrining shimoli-sharqida joylashgan Kotayk tumani hududida ham 1918-yilda arman harbiy guruhlari ozarbayjonlarga qarshi keng genotsid amalga oshirdilar. 1918-yildagi ushbu hodisalargacha bu tumanda yashagan aholi orasida ozarbayjonlar koʻpchilikni tashkil qilardi. Lekin ushbu davrda tumanning Avdallar, Artiz, Quyi Qaxt, Bashkent, Bozkosa, Qayaxaraba, Qarachala, Qarachoʻrak, Qizqala, Qurbagʻali, Damagirmaz, Dallakli, Ekerek, Zer, Yelqovan, Yellicha, Kamal, Kenkan, Kerpicli, Kuzechik, Goʻykilse, Gulluja, Nurnus, Tezxarab, Chobangerekmez va boshqa qishloqlardan ozarbayjon aholisi katta qiynoqlar bilan quvildi. Ularning aksariyati doshnoq hukumatining qurolli guruhlari tomonidan oʻldirildi.[4]

1920-yil aprelida „Ozarbayjon“ gazetasi shunday deb yozgandi: „Ortiq Goʻkcha tumanida musulmon qolmadi. Hozirda Yangi Boyazid uyezdida 84 musulmon qishlogʻi vayron qilindi, ulardan 22 si aprelda mahv etildi. Dashkend, Qoshabuloq, Sariyaqub, Bosh Shoʻrcha, Quyi Shoʻrcha, Sogʻanqulu-agʻali, Oqkilse, Zod, Qulu, Agʻalı, Buyuk Qaraqoyunlu, Kichik Qaraqoyunlu, Zarzibil, Adli, İnektogʻ, Qaraiman, Kasaman, Bashkent, Bala Mezre, Shishqaya, Bash Haji, Qaribqaya qishloqlarining 15 mingdan ortiq uylari boʻlgan aholisi barcha mol-davlatini tashlab qochdilar. Bu mol-davlatning barchasi hozir armanlarga qolgan, egallangan uy-joylar bir necha million, hatto milliardga yetadi.“ Andranik qoʻshinining va doshnoqlarning 1918-1920-yillarda ozarbayjonlarga qarshi olib borgan genotsidi natijasida hozirgi Armaniston hududida yashagan aholining katta qismi, taxminan 565 ming nafari vahshiylarcha qirib tashlangan, yoxud oʻz ota-bobolari joylaridan quvilib, sargardon qilingandi. Arman mualliflari oʻzlari ham bu faktni tasdiqlaydilar. Tarixchi Z.Korkodyan „Sovet Armanistoni aholisi — 1831-1931-yillar“ kitobida fakt sifatida shuni koʻrsatadiki, 1920-yilda Armanistonda Sovet hukumati tashkil topgan paytda bu hududda 10 mingdan ortiq ozarbayjon qolgandi.[4]

1918-yilda Irevan gubernatorligida 211, Qars viloyatida 92 ozarbayjon qishlogʻi vayron qilib, oʻt qoʻyilgan va talon-toroj qilingandi. Irevan ozarbayjonlarning koʻp sonli murojaatlardan birida koʻrsatiladiki, qisqa muddat davomida bu tarixiy Ozarbayjon shahrida (Irevan) va uning atrofida 88 qishloq vayron qilingan, 1920 uy yoqilgan, 132 ming ozarbayjon qirib tashlangandi. Arman guruhlari uyushtirgan vahshiyliklar, doshnoq hokimiyati davrida yuritilgan „turksiz Armaniston“ siyosati natijasida Irevan gubernatorligi ozarbayjon aholisining soni 1916-yilda 375 ming nafardan 1922-yilda 70 ming nafarga tushib qoldi.[4]

1920-yil 27-aprelda XI Qizil armiyaning Bokuni, soʻngra esa Ozarbayjonning barcha hududlarini ishgʻol etishi Ozarbyjonning hududiy yaxlitligini taʼminlash uchun Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati koʻrgan chora-tadbirlarni amalga oshirishiga imkon bermadi. Zangazur uyezdi bilan birga narigi hududlar Sovet Armanistoniga berib yuborildi.[4]

Shu tarzda 1918-1920-yillarda turk-musulmon aholisiga qarshi amalga oshirilgan qatllar va ommaviy inson qirgʻini tasodifiy emas, „Doshnoqsutyun“ partiyasining „Buyuk Armaniston“ yaratish rejasini reallashtirish yoʻlida tashlangan qadam va genotsid siyosati boʻlgan.[4]

Zamin tahrir

Siyosiy vaziyat tahrir

1917-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan Oktyabr inqilobi natijasida Stepan Shaumyan boshchiligidagi bolshevik Boku Soveti Boku gubernatorligida hokimiyatni qoʻlga olgandi. Etnik jihatdan arman boʻlgan va Britaniya hukumatidan million oltin rubl mablagʻida birinchi yordam olgan.[6] Stepan Shaumyan Bokuda ozarbayjonlarga qarshi bolsheviklar bilan arman millatchilarining hamkorligini taʼminladi[7].

9 mart 1918-yilda Hoji Zeynalabdin Tagiyevning oʻgʻli Muhammad Tagiyevning dafn marosimida ishtirok etish uchun general Talishinskiyning boshchilik qilgan Ozarbayjon polka Bokuga keldi. Muhammad Tagiyev Lenkoran shahrida yuz bergan ixtilofda rus-arman qurolli kuchlari tomonidan qatl qilingan va uning dafn marosimi 27-mart kuniga tayinlandi[3].

General Talishinskiy Bokuga kelmasidan bir necha kun avval Lenin Boku Soveti boshligʻi Stepan Shaumyanga quyidagi mazmunda telegram joʻnatdi:

Hurmatli doʻstimiz Shaumyan!
Maktubingiz uchun minnatdorchilik bildiraman! Sizning oʻylangan siyosatingiz bizga juda yoqdi va ushbu vaziyatda siyosatingizning yana-da chuqurroq va ehtiyotkorona diplomatiya bilan birga tatbiq qilinishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz va natijada gʻalaba qozonishimizga ishonchimiz komil. Qiyinchiliklar kutilmagan holatdir va hozirgacha biz faqatgina imperialistlar orasida noroziliklar va nizolar natijasida ilgariladik. Bu konfliktlarni ishlatishni oʻrganing, hozirda diplomatiyani oʻrganish muhimdir. Barcha doʻstlarga samimiy tilaklar va salomlar yoʻllab qolamiz[8].

— — V. Ulyanov (Lenin)

Leninning Shaumyanga boʻlgan murojaatiga qaramay, Bokuga kirar ekan, general Talishinskiy va Ozarbayjon polka aʼzolari Boku Soveti tomonidan qamoqqa olindi, natijada shaharda yashagan ozarbayjonlar Boku Sovetiga qarshi qarshilik koʻrsata boshladilar[9]. Yuz bergan qurolli toʻqnashuvlar 30-martdan 2-aprelgacha Bokuda davom etdi[3] va tarixda „1918-yilning Mart kunlari“ sifatida muhrlanib qoldi.[10]

Mohiyati milliy genotsid boʻlgan „Mart janglari“ Boku Sovetiga qisqa muddat davomida vaziyatni nazorat qilish imkoni bersa ham aholi orasida sovetlarga qarshi kin-nafratni yana-da orttirdi, Ozarbayjonda sovetlashish gʻoyasiga zarba berdi. Bolsheviklarning katta davlatchilik siyosatining muqarrar natijasi boʻlgan genotsid Ozarbayjonda milliy istiqlolga qarshi ochiq-oydin suiqasd edi. Ommaviy qirgʻin istiqlolning yetakchi kuchi boʻlgan „Musovot“ning milliy davlatchilik siyosat gʻoyalariga kuchli taʼsir koʻrsatdi, uni Rossiya Imperiyasini demokratik-federativ respublikaga aylantirish, bu yerda millatlarga muxtoriyat huquqi berish gʻoyasidan bosh tortishga, bundan keyin davlat mustaqilligi liniyasini asos qilib olishga, „Mustaqil Ozarbayjon“ gʻoyasini ilgari surishga majbur qildi.

Mart genotsididan bir yil soʻngra armanlar bu hodisalarni bolsheviklar bilan musulmonlar orasida boʻlib oʻtgan hokimiyat kurashi sifatida matbuotda tarqatdilar. 1919-yil yozida AQSh tomonidan Bokuga joʻnatilgan general Harbordga taqdim etilgan hujjatda arman yepiskopi Bagrat armanlarning mart hodisalarida ishtirokini inkor qiladi. Bagrat Bokuda hodisalar vaqti oʻldirilgan 1000 nafardan 300 i arman va rus, 700 i musulmonligini iddao qilardi. Bu genotsid faqat Boku bilan chegaralanib qolmasdi. Aprel oyining ilk oʻn kunligidan eʼtiboran Bokuda uyushtirilgan bu qatliomlar Shamaxi, Guba, Xachmaz, Lenkoran, Hojiqobul, Salyan, Zangazur, Qorabogʻ, Naxchivon va boshqa hududlarda ham uyushtirildi.

Hodisalar jarayoni tahrir

1917-yil oktyabr toʻntarishi va hokimiyatga kommunistlarning kelishi vaqti yuzaga kelgan vaziyatdan foydalangan arman millatchilari va ular jamlangan Doshnoqsutyun partiyasi Bokuda va boshqa yerlarda ozarbayjonlarga qarshi mitinglar oʻtkaza boshladilar.[11] 1918-yil 30-martda arman cherkovi yonida yigʻilgan doshnoq guruhi musulmonlarga birinchi oʻt ochdi[11]. 31-mart erta tongdan bolshevik-doshnoq guruhlari ozarbayjonlar yashagan „Kerpichxona“, „Mammadli“ va boshqa mahallalarga hujum qildilar.[11] Ushbu mahallalarni havodan samolyotlar, dengizdan esa harbiy kemalar bombalay boshladilar.[11] Armanlar ruslarni Icherishaharda ozarbayjonlar ruslarni qirib tashladi deb ishontirdilar.[11] Matroslar bu gapning yolgʻonligini bilgach hujumni toʻxtatsalar ham ortiq juda kech edi, olovga burkangan mahallalarda halok boʻlganlarning son-sanogʻi yoʻq edi.[11] Arman millatchilari hech kimga rahm qilmay, oldilaridan chiqqan odamni turk deb qatl qilardilar.[11]

1918-yilda Rossiyada yuzaga kelgan vaziyatdan foydalangan armanlar oʻz istaklariga bolshevizm bayrogʻi ostida erishishga jahd koʻrsatardilar. Boku kommunasi 1918-yilning martida jinoyatkor rejani amalga oshirishni boshlaydi.[11] Taxminan 7 ming arman askari turli frontlardan Bokuga olib kelinadi. Bundan boshqa „Qizil Gvardiya“ nomi ostida tuzilgan 10-12 minglik qoʻshinning ham 70 %i armanlardan iborat edi. Oldindan tayyorlangan shartnomaga asosan, bolshevik-arman koalisiyasi front boʻylab hujumga oʻtadi. Boshdan oyoq qurollangan arman askarlari ozarbayjonlar uylariga bostirib kirib, ularni vahshiylarcha oʻldirar, bolalarga va keksalarga ham rahm qilmasdilar. Ayollar ogʻir qiynoqlar bilan oʻldirilardi. Arxiv materiallariga asosan quloqlari, burunlari kesilgan, organlari parchalangan 37 ayolning jasadi topilgan.[11] Nariman Narimanov arman vahshiyliklari, uyushtirgan qatliomlar haqida shunday hikoya qiladi:

Bolshevik boʻlgan ozarbayjonlarga ham rahm qilinmadi. Ozarbayjonlarga har qanday vahshiyliklarni amalga oshirdilar. Nafaqat erkaklar, hatto homilador ayollar ham doshnoqlardan qutulib qola olmadilar.[11]

— — Nariman Narimanov

Milliy sulhga va birlikka qarshi „sinfiy kurash“ va „sinfiylik“ mavqeyidan maʼruza qilgan Stepan Shaumyan boshchiligidagi Boku bolsheviklari „Boku Sovetining Kavkazortida fuqarolar urushining asosiy markazi va istehkomiga“ aylantirish yoʻlini tanladilar.[11] Ular doshnoqlar bilan birgalikda „antisovet harakatiga“, „aksilinqilobga“ qarshi kurash nomi ostida 1918-yil mart oyining oxirlarida (30-31-da) milliy qirgʻin tashkil qildilar. Bu musulmonlarga qarshi, xususan, ozarbayjonlarga qarshi milliy genotsid, Ozarbayjonning milliy istiqloliga xiyonatkor suiqasd edi.[11] Ushbu genotsid vaqti 12 mingdan ortiq (baʼzi hujjatlarda 15 ming) begunoh ozarbayjonlar qoni toʻkildi.[11] Bu qatliomda doshnoq qurolli kuchlari, xususan, Anastas Mikoyan boshchiligidagi „Qizil Gvardiya“ guruhi alohida oʻrin egallardi.[11]

Ozarbayjon matbuotida tahrir

 
Kaspi gazetasi binosi mart voqealarida olovdan keyin Nikolayevskiy ko'chasida (hozirgi Istiglaliyat ko'chasi) joylashgan.

Mart genotsidida Ozarbayjon milliy matbuot organlari, matbaalar va jurnalistlar nishonga olindi.[12] „Ozarbayjon“ gazetasida 1919-yilda chop etilgan 31-mart genotsidiga tegishli rasmlardan biri „Kaspiy“ gazetasi redaksiyasi yoqilishidan keying vaziyatni tasvirlaydi.[12] 1918-yil mart genotsidigacha Ozarbayjonda 20-dan ortiq Ozarbayjon tili matbuot organlarining faoliyat koʻrsatishiga qaramay, qatliomdan keyin faqat „Hummat“ va „Boku Kengashi axboroti“ gazetalaridan boshqa milliy matbuot namunalari nashri taqiqlandi.[12] „Ochiq soʻz“, „Basirat“, „Istiqlol“, „El hayoti“ va boshqa Ozarbayjon tilidagi gazetalarining oxirgi sonlari genotsiddan bir kun avval, 17-18-martga toʻgʻri keladi.[12]

Boku Soveti raisi Shaumyanning buyrugʻi va Matbuot byurosi qarori bilan „mart hodisalariga toʻgʻri qiymat bermaganliklari va bir sotsialist frontida toʻxtalmaganliklari“ uchun, hatto rus tilidagi gazetalar ham yopildi. „Kaspiy“, „Boku“, „Bokunets“, „Vesti Baku“, mensheviklarning „Nash golos“ gazetalari nashri toʻxtatildi, bayonotlar, aholiga murojaatlarning chop etilishi taqiqlandi.[12] Tbilisida nashr qilingan Ozarbayjon tili matbuot organlarini chiqarish sharti bilan Ozarbayjon milliy demokratik matbuoti 1918-yilning martidan 15-sentyabri, Bokuning ishgʻoldan ozod boʻlgan kunigacha oʻzining qiyin davrini boshdan oʻtkazdi.[12]

„Ozarbayjon“ gazetasi 1919-yil 31-martda 147-sonida „Mart hodisayi-alomatining muxtasar tarixi“ sarlavhali maqolasida Shaumyan, Saakyan va Arekyan rahbarlik qilgan guruhning Bokudan avval Shamaxida qirgʻin uyushtirgani va bu xabarning Bokuda tashvish tugʻdirganini yozadi[13]:

16-martda bolshevik soldatlari Shamaxiga harakat qilib intizomsizlik uyushtirib, yoʻlda oldilariga chiqqan musulmon qishloqlari, shu jumladan, Oqdara, Novxanli, Qarxunli qishloqlarini vayron qilib, musulmonlarini qirayotganlari haqida xabar keldi.[12]

17-martda Bokuga Shamaxida musulmon qirgʻinini bolsheviklar bilan birga armanlar uyushtirgani haqida xabar keladi. „Ozarbayjon“ gazetasi Shamaxi qirgʻinida ishtirok etgan bolshevik-arman qurolli birlashmalari sonini ham koʻrsatadi:

Shamaxi tumaniga guruh joʻnatilib, aholi qirilmoqda. 4 ming askarning 80 foizi armandir.[12]

„Hummat“ning „Shamaxi ahvoli“ sarlavhali maqolasida 17 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan Shamaxi armanlari bolsheviklarning Qizil armiyasi tarkibiga qoʻshilganini qayd qiladi.[12] Vaziyat achinarli ekanini gazeta shu shaklda tasvirlaydi: „Shamaxi shahri butunlay yonib kul boʻldi“.[12]

Obidalar tahrir

Adabiyotda tahrir

Qurbon Saidning „Ali va Nino“ va Lev Vaysenbergning „Kichik singil“ romanlari Mart genotsididan hikoya qiluvchi asarlardandir.[14][15]

Kinoda tahrir

Ozarbayjon kinematografiyasida Mart genotsidiga „Haqiqatning oʻzi“, „Mart hodisalari yoxud qora oʻyinlar“ filmlari bagʻishlangan.

Havolalar tahrir

Bibliografiya tahrir

Tarixiy nazarlar tahrir

  • Vaqif Arzumanli, Vali Habiboʻgʻli, Kamil Muxtarov, „1918-yil qirgʻinlari. Tarixiy tadqiqotlar“, Boku-1995

Xüsusi məsələlər və müqayisəli tədqiqatlar tahrir

  • Akif Ashirli. 31-mart genotsidi: 1918-1920-yillar matbuotida. „Fan va taʼlim“: Boku −2011.

Manbalar tahrir

  1. "New Republics in the Caucasus", The New York Times Current History, v. 11 no. 2 (March 1920), p. 492
  2. Michael Smith. „Anatomy of Rumor: Murder Scandal, the Musavat Party and Narrative of the Russian Revolution in Baku, 1917-1920“, Journal of Contemporary History, Vol 36, No. 2, (Apr. 2001), p. 228
  3. 3,0 3,1 3,2 Michael Smith. „Azerbaijan and Russia: Society and State: Traumatic Loss and Azerbaijani National Memory“, 2011-03-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-04-15
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 4,18 4,19 4,20 4,21 4,22 4,23 4,24 AZƏRBAYCANLILARIN SOYQIRIMI VƏ DEPORTASİYASI
  5. 5,0 5,1 5,2 ŞAMAXI SOYQIRIMI 1918 SHAMAKHI GENOCIDE (PDF), 2018-04-16da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2018-04-15
  6. Peter Hopkirk, „Like hidden fire. The Plot to bring down the British Empire“, Kodansha Globe, New York, 1994, pp. 262-266, 287
  7. Peter Hopkirk, „Like hidden fire. The Plot to bring down the British Empire“, Kodansha Globe, New York, 1994, p. 287. ISBN 1-56836-127-0
  8. Stepan Shaumyan, Stati i rechi, Bakinskii Rabochii, Articles and speeches of the Bolshevik Extraordinary Commissar for the Caucasus, 1924, p. 224
  9. Firuz Kazemzadeh. Struggle For Transcaucasia (1917 — 1921), New York Philosophical Library, 1951, p. 70.
  10. "The Russian Revolution as National Revolution: Tragic Deaths and Rituals of Remembrance in Muslim Azerbaijan (1907-1920), " Jahrbücher für Geschichte Osteuropas, vol. 49 (2001).
  11. 11,00 11,01 11,02 11,03 11,04 11,05 11,06 11,07 11,08 11,09 11,10 11,11 11,12 11,13 AZƏRBAYCANLILARIN SOYQIRIMI (1917-1918-ci illər (PDF), 2018-04-16da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2018-04-15
  12. 12,00 12,01 12,02 12,03 12,04 12,05 12,06 12,07 12,08 12,09 Aşırlı, Akif. 31 mart soyqırımı: 1918-1920-cı illər mətbuatında. Bakı: “Elm və təhsil”, 2011 — 100 bet. 
  13. Kazemzadeh 1950, pp. 75
  14. Axundov, Fuad „The Ali and Nino Walking Tour“. www.azer.com. www.azer.com. 2017-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 oktyabr 2016.
  15. Meyer, Karl E.. My library My History Books on Google Play The Dust Of Empire: The Race For Mastery In The Asian Heartland. PublicAffairs, 2008 — 165 bet.