José Julián Martí Pérez (28-yanvar, 1853 – 19-may, 1895) — Kuba milliy qahramoni, ispan mustamlakachilariga qarshi milliy ozodlik kurashining gʻoyaviy tashkilotchisi, faylasuf, yozuvchi, jurnalist va tarjimon.[1][2] Madrid va Saragosa universitetlarini tugatgan. Kuba inqilobiy partiyasi asoschisi (1892—1898). Turli sotsial qatlam vakillarini birlashtirgan bu partiya 24-fevral 1895-yilda boshlangan Kuba milliy ozodlik qoʻzgʻolonini tashkil etishda katta rol oʻynagan. "Abdala" nomli romantik drama (1869), sheʼrlar toʻplamlarining muallifi. 11-aprelda Martí va qoʻzgʻolonning boshqa rahbarlari tushgan kema Oryente viloyatiga kelgan, biroq oradan bir oy oʻtgach, Dosrios yaqinida ispanlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan.[3]

José Martí
Tavalludi
José Julián Martí Pérez

28-yanvar 1858
Vafoti 19-may 1895-yil(1895-05-19)
(42 yoshda)
Dos Ríos, en:Captaincy General of Cuba, Ispan Imperiyasi
Ijod qilgan tillari Ispan tili
Fuqaroligi Ispaniya
Faoliyat turi faylasuf, yozuvchi, jurnalist va tarjimon
José Martí haykali (Sofiya, Bolgariya)

Manbalar tahrir

  1. Hudson, Michael „Speech to the Communist Party of Cuba“. Qaraldi: 5-avgust 2015-yil.
  2. Mace, Elisabeth „The economic thinking of Jose Marti: Legacy foundation for the integration of America“. 8-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2015-yil. „arxiv nusxasi“. 2015-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir