Marv jangiMuhammad Shayboniyxon boshchiligidagi shayboniylar qoʻshini bilan Ozarbayjon shohi Ismoil I Safaviy qoʻshini oʻrtasida Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻi yonida sodir boʻlgan jang (1510 yil 4 dekabr). 1509 yil Shayboniyxon shim.ga qozoklar xoni Qosimxonga, 1510-yil kuzvda Feruzkoʻhdagi hazoralar ustiga muvaffaqiyatsiz yurish qilgan. Shayboniyxon 1510-yil Hirot atrofida qoʻshiniga dam berib, koʻpgina amir va shayboniy sultonlarga oʻz mulklariga ketishga ruxsat etgan. Biroq bu orada safaviylar shohi Ismoil Xurosonga yurish qilgani haqida xabar olingan. Shayboniyxon shayboniy sultonlarni yordamga chaqirib, ularga tavochilar (choparlar) joʻnatgan, oʻzi esa qoʻshini oz boʻlgani tufayli Marvga chekingan. Biroq choparlar quruq qaytishgan. Sultonlar oʻtgan yili (1509-yil) Shayboniyxon ularga inʼom etgan mulklarni tortib olgani tufayli undan arazlab Marvga kelmaganlar, faqatgina Muhammad Temur sulton Samarqand qoʻshini, Ubaydullaxon esa Buxoro qoʻshini bilan jang oxirida yetib kelgan, xolos. Ismoil Shayboniyxon huzuriga qoʻrchiboshn boshchiligida elchilar yuborib, uni taslim boʻlishga undagan, biroq rad javobini olgach, Ismoil Marvni qamal qilgan va jan-gda, odatda, turkiy xalqlar uchun xos boʻlgan harbiy qiyla ishlatgan: safa-vyylar qoʻshini qamalni boʻshatib Marv devorlari ostidan goʻyo orqaga chekinganday boʻlib, oʻzbeklarni shahardan chiqishga majbur qilishgan. Shayboniyxon bu gal tajribali sarkarda uchun kechirib boʻlmas xatoga yoʻl qoʻygan; u oʻz raqibi kuchiga yetarli baho bermagan. Yordam kelishini kutib oʻtirmasdan u "chekinayotgan" Ismoil ortidan tashlangan. Biroq uning orqa tomoniga oʻtib olgan safaviylar qoʻshinining bir qismi Murgʻob koʻprigini buzib tashlaydilar, natijada Ismoilning 17 minglik qoʻshini Shayboniyxonni qur-shovga olgan. Mirza Muhammad Haydarning yozishicha, Shoh Ismoil qoʻshinida taxminan 40 ming, Shohibekxon (Shayboniyxon) qoʻshinida esa 20 ming jangchi boʻlgan. Oʻta shiddatli, qonli jangda barcha oʻzbek sultonlari (amirlari) va Shayboniyxon halok boʻlishgan.

Ad:Mirza Muhammad Xaydar,Tarix-i Rashidi, T., 1996; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., Pismennie pamyatniki, T., 1985; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982.

Faxriddin Hasanov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil