Matadi — Kongo Demokratik Res-publikasining garbiy chekkasidagi shahar, Kongo daryosi estuariysi yaqinida, Atlantika okeaniga 150 km yetmaydi. Aholisi 180 ming kishi (1990-yillar oxirlari). Yirik savdo-trans-port markazi. Port orqali (yillik yuk ortib-tushirish 1,5 mln. t chamasida) chetga konchilik sanoati va rangli metallurgiya mahsulotlari chiqariladi. Kinshasa shahri bilan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Oziq-ovqat (mamlakatda eng katta un tortish zavodi), yogʻochsozlik, kimyo, metallsozlik sanoati korxonalari bor. Baliq ovlanadi va qayta ishlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil