Matbua Amirsaidovna Ahmedova (1933.14.1, Toshkent) — faylasuf olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), falsafa fanlari doktori (1977), professor (1978). Moskva davlat universiteti falsafa fakultetini tugatgan (1955). Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlarida falsafa, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar tarixidan daryo bergan. Toshkent madaniyat instituti rektori (1985). Oʻzbekiston Madaniyat vaziri (1985- 87). Toshkent sharqshunoslik institutida kafedra mudiri (1994-yildan). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston va umuman Oʻrta Osiyoning 20-asrdagi ij-timoiysiyosiy taraqqiyotini falsafiy baholashga bagʻishlangan. As: Osnovi filosofii (soavt.), T., 1998.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil