Mavze — joy. Shaharning ayrim nomlar bilan yuritiladigan qismlari. Masalan, Koʻkcha mavzesi, Boʻrjar mavzesi, Beshyogʻoch mavzesi va h. k. Qad.da shahar devoridan tashqarida joylashgan, shaharliklarning xususiy mulki hisoblangan joylar M. deb atalgan. M.larda shaharliklarning yoz paytida koʻchib chiqadigan bogʻlari joylashgan. Qad.dan bu joylar garchi qisman boʻlsada, mahalla ahllarining umumiy joyi boʻlgan, baʼzi hollarda bu joylar shahar ichidagi mahallalarning nomlari bilan bir xilda atalgan (mas, Toshkent shahrida Chuvalachi, Yangiariq, Xiyobon, Taxtapul va h. k.). Bunday M.lar Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Namangan, Andijon va boshqa shaharlarida ham boʻlgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil