Max Born (talaffuzi: Maks Born) (11-dekabr 1882, Vrotslav, Polsha — 5-yanvar 1970, Gyottingen, GFR) — nemis fizik-nazariyotchisi, kvant mexanika yaratuvchilaridan biri. 1933-yildan Angliya, 1953-yildan GFR da. Kvant mexanikani statistik nuqtai nazardan sharxlab bergan. Asosiy ilmiy ishlari kristall panjarasining dinamik nazariyasiga, atom fizikasiga, optika, tabiiy fanlar falsafasiga oid. Nobel mukofoti laureati (1954).[1][2]

Max Born

Manbalar tahrir

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. "BORN (Born) Maks" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil