Maxmur (Mahmud) (tugʻilgan sanasi noma’lum —1844-yilda vafot etgan ) — oʻzbek satirik shoiri. Qoʻqon shahrida tugʻilgan va vafot etgan. Shoir va olim Mullasher Muhammad Akmal oʻgʻli. Uning asl ismi Mahmuddir. "Maxmur" nomi – unga yoqqanligi uchun adabiy taxallus sifatida oladi. U otasi dars bergan madrasada ta’lim olgan.

Maxmurning otasi, Qoʻqon yaqinidagi Boytuman qishlogʻidan boʻlgan Mullasher yoshligida Qoʻqonga koʻchib kelgan. Mullasher adabiyotga qiziqqan, oʻzi “Akmal” taxallusi bilan she’rlar yozgan. Madrasada dars bergan va shariat masalalari boʻyicha – maslahatchi-huquqshunos boʻlib xizmat qilgan. Mullasher olim va shoir sifatida obroʻ-e’tiborga ega boʻldi.

Maxmur bolalik chogʻidan kitobga oshno boʻlib, juda erta she’r yoza boshlagan. Qoʻqondagi Mir madrasada ta’lim olgan, keyinchalik Umarxon qoʻshinlarida xizmat qilgan. Otasi vafotidan keyin Maxmurning moddiy ahvoli yana ham ogʻirlashadi. Maxmur oʻz she’rlari (“Hoji Niyoz haqida kinoya”, “Maxdum qurama haqida satira” she’rlari) bilan zodagonlarni, ruhoniylarni, xonni mamlakatni parokanda qilishi, xalqni nochor ahvolga olib kelganini achchiq kinoyaga olgan.

Uning birgina “Hapalak” she’rida shu qishloqning hayoti haqida soʻz borsa-da, aslida butun xonlikning kirdikorlari tasvirlangan.

Maxmur XIX boshlarida she’riyatda feodal-klerikal yoʻnalishiga egalik qilgan shoir Fazliyga nafrat bilan boqadi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida  Muqimiy, Zavqiy, Avaz Oʻtarlar Maxmurning satirik she’riyatining eng yaxshi an’analarini davomchilari boʻlishadi.

Rus tiliga tarjimalar tahrir

  • Махмур. Избранные произведения. Перевод Наума Гребнева (одно стихотворение — перевод Н.Ушакова) Изд-во АН УзССР, 1951. Тираж 5000

Adabiyotlar tahrir

  • Наум Гребнев. Другие слова. Избранные переводы из узбекской народной и классической поэзии. Издательство литературы и искусства им. Гафура Гуляма. Ташкент, 1973
  • Наум Гребнев. Истоки и устья. Переводы из узбекской поэзии. Изд-во Гафура Гуляма Ташкент, 1983. 360 с.
  • Каюмов А., "Махмур", Тошкент, 1956.

Havolalar tahrir