Maydontol (qozoqcha: Майдантал/Maydantal) — Qozogʻiston Respublikasi va Toshkent viloyatidagi daryo. Talas Olatovining jan.garbiy yon bagridan oqib tushali. Maydontol tizmasi bilan Talas Olatovi tutashgan joyda. 350 m balandlikda, uncha katta boʻlmagan 2 ta koʻldai boshlanadi. Uzunligi 50 km, xavzasi 471 km:. Yuqori oqimida, Toroshuvsoy bilan qoʻshilguncha Chingizsoy deb ataladi. Jan.roqda Oygaying daryosi bilan qushilib. Piskom daryosini hosil qiladi. Umumiy uz. 140 km boʻlgan 60 dan ortiq irmogi bor (Toroshun, Qurumtor, Ayutor, Otyaylov, Qaynazarsoy va boshqalar). Bosh qismida chu-qur va tor. yon bagirlari tik vodiydan oqadi. Muzlik va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 16,3 m’/ sek. Yozda suvi koʻpayadi. May — sentabrda suv sarfi 25,8 m’/sek. dan 47,4 m’/sek. gacha oʻzgarib turadi. Daryo vodiysidan yozla yaylov sifatida foylalanilali.[1]

Maydontol
Tavsif
Uzunligi 49
Suv sarfi 16,3 m³/s
Davlat Qozogʻiston va Oʻzbekiston

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil