MAZARINI (ital. Mazarini, frans. Mazarin) Julio (1602.14.7, Peshina — 1661.9.3) — Fransiya davlat arbobi. M. Keraskoda (1631) tinchlik sulhini tuzishda va Parijda papa elchisi boʻlgan vaqtda (1634—36) Rishelyenit eʼtiborini tortgan va uning ishonchli kishisiga aylangan. 1640-yil M. fransuz diplomatik xizmatiga oʻtgan. 1641-yildan — kardinal. 1643-yilda qirolicha Anna Avstriyskaya (M. bilan yashirin nikohsan oʻtgan) tomonidan 1-vazir etib tayinlangan. M. ogʻir vaziyatda fransuz absolyutizmi (mutlaq hokimiyati)ni mustahkamlash siyosatini davom ettirgan; xalq qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlarcha bostirgan; Fronda bilan boʻlgan kurashni boshqargan (1648). M. 1651—52 yillarda Fransiyadan ketishga majbur boʻlgan. Fronda yengilganidan keyin 1653-yilda qaytib kelgan va umrining oxirigacha hokimiyatni boshqargan. Tashqi siyosatda koʻp yutukdarga erishgan [Vestfaliya sushi, 1648); Angliya bilan tinchlik va savdo shart-nomalari (1655) hamda harbiy ittifoq, 1657; Pirenei sulhi, 1659 va b]. M.ning bu yutuklari Fransiyaning Yevropadagi siyosiy obroʻyini mustahkamlashda muhim oʻrin tutgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil