Medan — Indoneziyadagi shahar. Shimoliy Sumatra provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,9 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Sumatra orolning shim.-gʻarbida, Malakka boʻgʻozidagi port. Tamaki, kauchuk, choy, sizal yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi rayonining yirik savdo markazi. Oziq-ovqat, qogʻoz, rezinatexnika, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Universitet, muzey bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid, sobiq Dexli sultonligi hokimi saroyi saqlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil