Meksika qoʻltigʻi - Atlantika okeanidagi yarim berk dengiz, Shimoliy Amerikaning jan.-sharqiy qirgʻoqlari yaqinida, Florida va Yukatan yarim orollari va Kuba oraligʻida. Maydoni 1555 ming km². Chuq. 3822 m gacha. Florida boʻgʻozi orqali Atlantika okeani bilan, Yukatan boʻgʻozi orqali Karib dengizi bilan tutashgan. Missisipi daryosi qu-yiladi. Iklimi jan.da tropik, shim. da subtropik iqlim, havo temperaturasi avgustda 28°, fevralda 14—15°. Yillik yogʻinga (1000–1200 mm) nisbatan bugʻlanish (1000–1750 mm) koʻp. Yoz va kuz oylarida tez-tez dovullar boʻlib turadi. Suvining temperaturasi yuza qismida 29°, sayoz joylarida 30—ZG, salqin mavsumda 18—25°. Shoʻrligi 36—36,9%o. Yuzaoqimlar, asosan, soat strelkasi yoʻnalishida harakat qiladi. Meksika qoʻltigʻiga Karib dengizidan Yukatan oqimi kiradi. Qoʻltiqdan Golfstrim boshlanadi. Suv qalq-ishi sutkalik, 0,3—0,6 m gacha. Meksika qoʻltigʻining shelf qismida baliq, ustritsa, krevetka, langusta va dengiz toshbaqasi ovlanadi. Qoʻltiqning shim.gʻarbiy shelf qismida yirik neft konlari topilgan. Asosiy portlari: Yangi Orlean (AQSH), Verakrus (Meksika) va Gavana (Kuba).[1]

Cantarell

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil