Meridian (lotincha: meridianis – tush payti), yermeridiani – Yer yuzasida har ikkala qutb orqali oʻtadigan fazoviy yarim aylana chiziq. Uning barcha nuqtalari bir xil geogafik uzunlikka ega boʻladi. Meridian boʻylab geografik kenglik hisoblab chiqariladi. Ekvatordan shimolda shimoliy kenglik, ekvatordan janubda janubiy kenglik boʻladi. Krasovskiy ellipsoidiga koʻra, Meridianning toʻla uzunligi (Yer aylanasi) 40008,550 km. Xalqaro amaliyotda boshlangʻich Meridian sifatida Grinvich Meridian qabul qilingan[1].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil