Merkantilizm (fransuzcha: mercantilisme, italyancha: mercante — savdogar) — 1) iqtisodiy tafakkur tarixida mu-him yoʻnalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan;2) kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. M.ning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. M. dastlab qonuniy yoʻl bilan pulni koʻpaytirishga qaratilgan siyosatni targʻib qilgan. Xorijdan kelgan savdogarlarning pulni oʻz mamlakatiga olib ketishini taqiqlagan, savdodan tushgan pulga mahalliy sanoat mahsulotlarini xarid qilish zarur boʻlgan. M. davlatning iqtisodi-yotga faol aralashishini talab etadi. M. taʼlimotiga koʻra, boylik ishlab chiqarishda emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi va u aynan mamlakatdagi oltin, kumush va boshqa javohirlarda oʻz aksini topadi. M. 15-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlab, 17-asrda ravnaq topdi, 18-asrning 1-yarmiga qadar nufuzini saqlab keldi. Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkretyen (Fransiya) faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi. M. mo-hiyatan oʻtkinchi taʼlimot boʻlishiga qaramasdan, uning gʻoyalari tovar-pul, moliya-kredit, savdo rivojiga muhim hissa qoʻshdi.

Kapitalizmning paydo boʻlishi bilan M.ning asosiy qoidalari yangi iqtisodiy sharoitga mos kelmay qoddi. M.oʻrniga erkin iqtisodiy (proteksionizmga qarshi) faoliyatni nazariy asoslagan klassik siyeʼsiy iktisod maktablari vujudga keldi.

Abduxalil Razzoqov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil