Metan (kon gazi, botqoq gazi), CH4 — rangsiz, hidsiz gaz. Mol. m. 16,04. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (1U)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. M. — to'yingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili bo'lib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sul-fooksidlash, nitratlash va boshqalar)ga kirishadi.

Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, sellyulozaning anaerob achishidan ham hosil bo'ladi.Saturn, Yupiter va uning yo'ldoshi bo'lgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. M. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki krekinggazdan past temperaturali distilyasiyalash yo'li bilan ajratib olinadi. Labaratoriyada atsetatlardan, karbid yoki metallarning metilgalogenidlaridan olinadi. Metan yonilg'i, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod (1U)-xlorid, xloroform, freonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi, ko'mir konlarida yuz beradigan noxushliklar shuning oqibatida kelib chiqadi. Bundan tashqari uylarda va xonadonlarda ishlatiladigan tabiiy gaz ham metandir.

Manbalar tahrir