Mevali oʻsimliklar - meva beradigan yovvoyi va ekib ustiriladigan oʻsimliklar. M.oʻ.dan meva, rezavor va yongʻoqlar olish uchun ekib ustiriladigan madaniy oʻsimliklar muhim ahami-yatga ega. Ekib ustiriladigan M.oʻ.ning 32 botanik oilaga mansub 200 ga yaqin turi maʼlum.

M.oʻ. quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi: urugʻlilar (urugʻli meva daraxtlari): olma, nok, behi, doʻlana, irgʻay, mushmula, chetan va boshqa; danaklilar (danakli meva daraxtlari): oʻrik, shaftoli, gilos, olcha, olxoʻri, togʻolcha, qizil vab.; yongʻoqmevalilar (bodom, yongʻoq, pekan, lista, leshchina, funduk, kashtan va boshqalar); sub-tropik oʻsimliklar (anjir, anor, xurmo, avakado, zaytun, apelsin, feyxoa, limon, mandarin, greypfrut va boshqalar); tropik oʻsimliklar (banan, ananas, mango, papayya), rezavor mevalilar (yertut, qulupnay, malina, maymunjon, smorodina, krijovnik); chirmashib oʻsuvchi (liana) M.oʻ. sifatida tok keng tarqalgan. M.oʻ.ning barchasi — koʻp yillik, koʻpchiligi bargini toʻkadi va ayrimlari doim yashil (mas, feyxoa, sitruslar). M.oʻ. moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda (60° shim. kenglikdan 60° jan. kenglikkacha) ustiriladi. Olma, nok, sitruslar, banan, mango, finikiya xurmosi eng koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda mevali va rezavor mevali oʻsimliklarning 70 turi usadi, 20 turi ekiladi. M.oʻ. mevasi tarkibida qand (fruktoza, saharoza, glyukoza), kraxmal, yogʻ, oqsillar, vitaminlar, mineral moddalar bor. M.oʻ. oziq-ovqat sifatida pishib yetilganidan keyin isteʼmol qilinadi.

Adabiyot tahrir

  • Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967; Pomologiya Oʻzbekistana, T., 1987.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil