Michael Essien

ganalik futbolchi

Maykl Kodjo Essyen (inglizcha: Michael Kojo Essien; 3-dekabr 1982, Akkra, Gana) — Ganalik futbolchi, Gana terma jamoasi va Ispaniyaning „Real Madrid“ jamoasi yarim himoyachisi bo'lgan. U „Real Madrid“ga Angliyaning „Chelsi“ jamoasidan ijara asosida oʻtgan.

Maykl Essyen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michael Kojo Essien
Tavallud sanasi 3-dekabr 1982-yil (1982-12-03) (41 yosh)
Tavallud joyi Akkra, Gana
Boʻyi 177 sm
Ampluasi yarim himoyachi
Laqabi Bizon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Michael Essien Real Madrid
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2000 Liberti Profeshionals
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2003
2003—2005
2005 — hz.
2012 — hz.
Bastia
Lyon
Chelsi
  Real Madrid
(65 (11)
71 (7)
163 (17)
1 (0))
Milliy terma jamoa
2002 — hz. Gana (51 (9))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Maykl Essyen Gananing poytaxti Akkrada tugʻilgan. U oʻsha yerda futbol bilan shugʻullanishni boshladi va birinchi professional jamoasi mahalliy „Liberti“ jamoasi boʻldi.
„Bastiya“ jamoasiga oʻtganidan soʻng, yakkakurashlardagi harakatlaridan koʻpchilik uni Patrik Vieiraga oʻxshata boshladi. Tezda jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻla oldi va yarim himoyachi Fransiya chempionatida 6 ta gol urib, jamoasini UEFA kubogiga olib chiqdi.
2002-yilda Maykl 7,8 mln. yevro evaziga „Lyon“ klubiga oʻtdi. 2005-yil 19-avgustda Essyen afrikalik oʻyinchilar uchun rekord hisoblangan summaga, 26 mln. funt sterling evaziga „Chelsi“ jamoasiga borib qoʻshildi. Yangi jamoasidagi debyuti 2005-yil 21-avgustda „Arsenal“ga qarshi uchrashuvda oʻtdi. U „Lyon“dagi ikki mavsumi davomida ikki marta Fransiya chempionati gʻolibi boʻldi, shuningdek, 2005-yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb Fransiya Professional Futbolistlar Assosatsiyasi eʼlon qildi. 2006/07 mavsumda „Chelsi“ning eng yaxshi oʻyinchisi deb tan olindi. 2007-yilda Essyen yangi besh yillik shartnoma tuzdi, unga koʻra, u haftasiga 90 ming funt maosh oladigan boʻldi. Essyen — Afrikaning eng qimmat oʻyinchisi hisoblanadi. Gana termasi tarkibidagi eng koʻp natijaga erishgan oʻyinchi ham hisoblanadi, yoshga nisbatan eng yoshi hisoblangan boʻlsa ham. Oʻsmirlar terma jamoasi tarkibida u Afrika chempionati gʻolibi va Yangi Zelandiyada 1997-yilda oʻtkazilgan jahon chempionati bronza medali bilan taqdirlangan.

Essyen jismonan juda baquvvat, yakkakurashlarda mahorati katta, himoyaning xohlagan joyida oʻynay oladi, hujumga tez-tez qoʻshilib turadi, uzoqdan darvozaga zarba yoʻllashi ham kam uchraydigan holat emas. U tayanch nuqtasidan tashqari pleymaykerlik vazifasini ham yaxshi uddalaydi. Maykl Gana terma jamoasi sardori hisoblanadi.

2009-yilning dekabr oyida tizzasidan qattiq jarohat olganidan soʻng, Essyen 2010-yilgi Jahon chempionatigacha formasini tiklashga ulgurolmadi. Ammo 2010-yil 4-iyunda „Chelsi“ bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi va u londonliklar safida 2015-yilning yoziga qadar oʻynaydigan boʻldi. Undan oldingi kelishuv 2013-yilgacha boʻlgan edi[1].
2010-yil 4-dekabrda Essyen „Everton“ga qarshi oʻyinda ishtirok etdi va bu oʻyin ganalik uchun „Chelsi“ tarkibidagi 200-nchi oʻyini boʻldi[2].

2012-yil 31-avgustda transfer oynasining soʻnggi kunida, madridning „Real“ jamoasiga ijara asosida oʻtdi.

Qiziqarli faktlar tahrir

Afrikadagi Gana davlati xalqlari madaniyatida ular inson tug'iladigan hafta kuniga katta ahamiyat berishadi - bu uning kelgusi taqdiriga ta'sir qiladi deb ishoniladi. Ushbu kunga muvofiq barcha bolalarning ismiga yoki otasining ismiga hafta kuni nomi qo'shiladi. "Chelsi" ning mashhur futbolchisi Maykl Kojo Essen Maykl ismidan tashqari, Kojo nomi "dushanba" degan ma'noni anglatadi.

V k

Manbalar tahrir

  1. Maykl Essen ostayotsya v „Chelsi“ do 2015 goda, 2010-06-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-26
  2. Essen provyol 200-y match v sostave „Chelsi“, 2011-02-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-26