Micro

Microsoft Office
Microsoft Office

Chapdan: Microsoft Outlook, Microsoft OneDrive, Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Microsoft OneNote, Microsoft SharePoint, Microsoft Teams va Yammer.
MuallifMicrosoft Corporation
Ishlab chiqaruvchiMicrosoft
Chiqish sanasi19-noyabr, 1990-yil (33 yil avval) (1990-11-19)
Eng so‘nggi versiyasiMicrosoft Office LTSC Professional Plus 2021 Preview / 5-oktyabr, 2021-yil (2 yil avval) (2021-10-05)
Operatsion sistemaMicrosoft Windows
Mac OS
iOS
Android
Windows Phone
Til(lar)Interfeysi 102 ta tilga oʻgirilgan
Statusamalda faol
Janridora dasturlari toʻplami
LitsenziyaEULA
Dasturlash tili:C++[1]

Microsoft Office tahrir

Satr boshi

Matn uslubi

Manba

Tuzilma

Qoʻyish

Sahifa opsiyalari

Muharrirni almashtirish

Oʻzgarishlarni chop etish…

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

soft OfficeMicrosoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows Phone, Android, Mac OS, iOS operatsion tizimlari uchun yaratilgan idora dasturlari toʻplamidir. Ushbu toʻplam tarkibiga turli xildagi hujjatlar: matn, jadval, maʼlumotlar ombori va boshqalar bilan ishlash imkonini beruvchi dasturiy taʼminotlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek VBA tilida yozilgan skriptlar va makroslarni qoʻllay oladi.

Microsoft Office haqida tahrir

Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda, hujjatlarni taxrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni oʻz xohishi boʻyicha oʻzgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qoʻshimcha kompyuter qurilmalarini oʻrnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini oʻz xohishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qoʻshimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi mumkin. Mashxur Microsoft korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun koʻpgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar toʻplamini ham ishlab chiqarishgan.
Koʻpgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar toʻplamini chalkashtirishadi. Toʻgʻri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga oʻrnatishga moʻljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va hokazo.
Office dasturlar toʻplamini esa quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar toʻplamini shaxsiy kompyuterga oʻrnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlishi, soʻng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb boʻlishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) boʻsh joy boʻlishi lozim.

Office tarkibi tahrir

Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi toʻplam tarkibi va narxida. Office dasturlar toʻplamining nisbatan toʻliqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi:

  • Microsoft Word — har xil koʻrinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga moʻljallangan matn muharriri.
    • Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, KWord, NeoOffice Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS tizimida) va AbiWord.
  • Microsoft Excel — har koʻrinishdagi hisob—kitobli maʼlumotlar bilan ishlashga moʻljallangan elektron jadvalli dastur.
    • Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, Gnumeric, Corel Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida).
  • Microsoft PowerPoint — maʼlumotlarni taqdimot, reklama qilishga moʻljallangan taqdimot dasturi.
    • Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Impress, LibreOffice Impress, KPresenter, Corel WordPerfect va Apple Keynote.
  • Microsoft Access— maʼlumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga moʻljallangan dastur.
    • Oʻrnini bosuvchi dasturlar: OpenOffice.org Base, LibreOffice Base, Kexi.
  • Microsoft Publisher — har xil koʻrinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga moʻljallangan muharrir dastur.
  • Microsoft Outlook (Outlook Express bilan chalkashtirmang)— elekton pachtadan foydalanishga moʻljallangan dastur va hokazo Uning tarkibiga taqvim, ish rejalashtirgich, qaydnoma, manzillar kitobi va shaxsiy pochta kiradi.
    • Pochta xizmati uchun — Mozilla Thunderbird/SeaMonkey, Novell Evolution, Claws Mail, Eudora Mail, The Bat!; shaxsiy maʼlumotlar dispetchiri — Mozilla, Lotus Organizer и Novell Evolution.
  • Microsoft InfoPath — maʼlumot yigʻish va uni boshqarish dasturi.
  • Microsoft Communicator (Microsoft Lync) — insonlar bilan har tomonlama muloqot qilishni tashkilashtiradigan dastur.
  • Microsoft Visio — biznes va texnik diagrammalar bilan ishlovchi dastur.
    • Muqobil dasturlar: LibreOffice Draw, OpenOffice.org Draw, yEd Grapth Editor.
  • Microsoft Project — loyihalar bilan ishlovchi dastur.
  • Microsoft Query — maʼlumotlar omboridan maʼlumot oluvchi va koʻrib chiquvchi dastur.
  • Microsoft OneNote — qaydnomalar yozish uchun moʻljallangan dastur.
  • Microsoft Groove — birgalikdagi ishni qoʻllab quvvatlovchi dastur.
  • Microsoft SharePoint Designer — Microsoft SharePoint tizimida dastur yaratish uchun vosita.
  • Microsoft Picture Manager — rasmlar bilan ishlash.
    • Muqobil dastur: OpenOffice.org Draw.
  • Microsoft Document Image Writer — virtual printer.
  • Microsoft Diagnostics — Microsoft Officening zararlangan dasturlarini diagnostika qiluvchi va tuzatuvchi dastur.

Office dasturlar toʻplamini oʻrnatishda yuqorida koʻrsatilgan dasturlarni tanlash orqali, yaʼni keraklisini oʻrnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin.

Versiyalar tahrir

Ishlab chiqarilgan sana Nomlanishi/versiya Tarkibi
19.11.1990 Office 1.0 Word 1.1, Excel 2.0, PowerPoint 2.0
04.03.1991 Office 1.5 Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0
08.07.1991 Office 1.6 Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0, Mail 2.1
30.08.1992 Office 3.0, Office 92 CD-ROM versiya: Word 2.0c, Excel 4.0a, PowerPoint 3.0, Mail
17.01.1994 Office 4.0 Word 6.0, Excel 4.0, PowerPoint 3.0.
2-iyun, 1994 Office 4.3 Word 6.0, Excel 5.0, PowerPoint 4.0, Mail 3.2, Access 2.0.
3-iyul, 1994 NT 4.2 uchun Office
30.08.1995 Office 95 (7.0) Windows 95 uchun Word 7 va boshqalar
30.12.1996 Office 97 (8.0) Word 97 va boshqalar
20-iyun, 1998 Office 97 Powered by Word 98 (8.5) Word 98 olishning yagona usuli.
27.01.1999 Office 2000 (9.0) Word 2000 va boshqalar; Windows 95 koʻtara oladigan oxirgi versiya, 2009-yildan toʻxtatildi.
31.05.2001 Office XP (10.0) Word 2002 va boshqalar
17.11.2003 Office 2003 (11.0) Word 2003 va boshqalar; Dastur timsollari Windows XP koʻrinishida namoyon boʻldi.
30.01.2007 Office 2007 (12.0) Word 2007 va boshqalar;
12.05.2010 Office 2010 (14.0) Word 2010 va boshqalar; Windows XP/Vista uchun soʻnggi versiya. Office 2003/2007 larning sotilishi shu yilning 11-yanvar kuni toʻxtatildi.
01.10.2013 Office 2013 (15.0) Word 2013 va boshqalar
22.09.2015 Office 2016 (16.0) Word 2016 va boshqalar

Yana:

  1. Office for iPad — Apple iPad uchun dasturlar toʻplami, 2014-yildan sotila boshladi.
  2. Office Online (ранее Office Web Apps)/ Office 365 — idora toʻplamlarining online versiyasi. Office Web Apps ilk bor Los-Anjelesda (PDS 2008 konferensiyasi) 2008-yilda namoyish etildi. Online versiya dasturlarning yengillashtirilgan koʻrinishi taqdim etilgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „C++ in MS Office“. cppcon (17-iyul 2014-yil). 7-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2019-yil.