Ahmad Shafiq Midxat Posho[1] (1822-yil 18-oktabr — 1883-yil 26-aprel) — Usmonlilar imperiyasini demokratlashtirish tarafdorlaridan biri[2], imperiya bosh vaziri[3] va Tanzimat davrining yetakchi davlat arboblaridan biri[4]. U 1876-yilgi Usmonli konstitutsiyaviy harakatiga rahbarlik qilish va Birinchi parlament davrini joriy etish bilan tarixda nom qoldirgan[5]. Bu islohotlarni Usmonli davlatining barcha viloyatlarida yoyishga intilgan. Midxat Posho Usmonlilar imperiyasi iqtisodiy inqirozga uchraganini tan olib, islohotlar oʻtkazishni juda zarur deb bilgan[6]. Midxat Posho siyosiy qarashlari liberalizmga moyil boʻlgan[7][8][9].

Midxat Posho
Usmonlilar imperiyasi Buyuk vaziri
Mansab davri
1876-yil 19-dekabr – 1877-yil 5-fevral
Monarx Abdulhamid II
Oʻtmishdoshi Mehmed Rushdi Posho
Vorisi Ibrohim Adham Posho
Usmonlilar imperiyasi Buyuk vaziri
Mansab davri
1872-yil 31-iyul – 1872-yil 19-oktabr
Monarx Abdulaziz
Oʻtmishdoshi Mehmed Rushdi Posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Ahmad Shafiq Midxat

18-oktabr 1822-yil
Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Vafoti 26-aprel 1883-yil
Toif, Hijoz, Usmonlilar imperiyasi
Oʻlim sababi qotillik
Fuqaroligi Usmonlilar imperiyasi
Millati turk
Istiqomat joy(lar)i Istanbul, Damashq, Bolqon, Hijoz
Dini islom
Mashhur ishlari Turkiya konstitutsiyasi

Tarixchi Karolin Finkel unga „Tanzimat davrining haqiqiy vakili, Usmonlidagi ayirmachilik harakatlariga yagona hukumat boshqaruviing afzalligini isbotlagan shaxs“ deb taʼrif bergan[10].

Yoshligi tahrir

Midxat posho hijriy 1238-yil safar oyida Istanbulda (1822-yil 18-oktyabr)[11] musulmon ulamolaridan birining oilasida dunyoga keldi[12]. U dastlab otasi qoʻlida, soʻngra madrasada tahsil olgan[13]. Uning otasi Hoji Hofiz Muhammad Ashraf afandi edi. Oila bektoshiylar urugʻiga mansub boʻlgan.

Uning yoshligi Vidin, Lovech va Istanbulda oʻtgan[14]. 1836-yilda Bosh vazirning kotibiyatida ishlagan, 1854-yilda vazir Qibrisli Mehmed Emin Posho unga Adrianopol viloyatini tinchlantirish vazifasini topshirganManba xatosi: Closing </ref> missing for <ref> tag. U 1864-1868-yillarda Dunay viloyati hokimi boʻlgan[15]. Uning hokimlik davrida son-sanoqsiz maktab va taʼlim muassasalari qurilgan, kasalxonalar, don omborlari, yo‘llar va ko‘priklar tiklangan[16]. Ammo u Bosh vazir Ali Posho bilan ziddiyatga borgani sababli 1869-yilda Bagʻdod hokimi etib tayinlandi, chunki bunday uzoq masofaviy lavozimga tayinlanish imperiyada jazo sifatida koʻzlanganManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

1869-yilda Bagʻdodga kelganidan soʻng u bir qator davlat maktablarini ochdi. Ilgari shaharda davlat taʼlim muassasalari boʻlmagan[17]. Shuningdek, Oltinchi armiyani (Usmonlining yevropacha usulda tarbiyalangan va eng ilgʻor qurollar bilan taʼminlangan qoʻshini) isloh qilishga urgʻu berdi va shu maqsadda harbiy maktablar ochdiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name. 1900-yilga kelib, fuqarolik oʻrta maktabida atigi 96 oʻquvchi oʻqidi, oʻsha yili harbiy tayyorgarlik maktabida 256 nafar va oʻrta harbiy maktabda 846 oʻquvchi oʻqidi[17]. Bu narsa albatta oʻsha davrdagi siyosiy notinchliklar uchun armiyaning zarurligi bilan izohlanadi.

Buyuk vazir lavozimiga tayinlanishi tahrir

U 1872-yilda turk sultoni Abdulaziz tomonidan Buyuk vazir etib tayinlangan, biroq uning bu lavozimi moliyaviy masalalarda sulton Abdulaziz bilan ziddiyati sababli toʻxtab qolgan[18]. 1873-1875-yillarda Adliya vaziri boʻlib ishlagan, ammo konstitutsiyaviy tuzumga moyilligi tufayli uning bu idoralardagi faoliyati qisqa muddat davom etgan[19].

1875-1876-yillardagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz unga yangi konstitutsiya ishlab chiqish gʻoyasini ilgaris surishga imkon berdi[19].

1876-yil 15-iyunda Cherkes Hasan ismli Usmonli armiyasi zobiti Midxat Posho saroyidagi yigʻilishga hujum qildi. Harbiy vazir Husayn Avniy Posho, tashqi ishlar vaziri Rashid Posho va Midxatning xizmatkorlaridan biri Ahmad og‘a otib o‘ldirildi. Hammasi boʻlib 5 kishi halok boʻldi va 10 kishi yaralandi[20]. Cherkes Hasan oʻlimga hukm qilindi.

Midxat posho 1876-yil 19-dekabrda Mehmed Rushdiy Posho o‘rniga yana buyuk vazir etib tayinlandi[18]. Bu lavozimga tayinlangach, u islohot yoʻlidan davom etishga vaʼda berdi. 1876-yil 23-dekabrda konstitutsiya va vakillik parlamenti tashkil etilishini eʼlon qildi[18]. Konstitutsiya irqi, millati va eʼtiqodidan qatʼi nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlilikni, bekor qilishni, fuqarolik qonunlariga asoslangan mustaqil sud tizimini, umumiy boshlangʻich taʼlimni va ikki palatali parlamentni joriy etdi[18]. Parlament 2 palatali boʻlib, Senat aʼzolarini sulton tayinlashi, Deputatalar palatasi ea xalq tomonidan saylanishi belgilandi.

Konstitutsiya musulmon boʻlmaganlar uchun ham teng huquqlar berishi maʼlum boʻlgach, xalq tomonidan qoʻllab-quvvatlana boshladi[21]. Midxat Posho sulton Abdulhamid II ga konstitutsiyani tasdiqlatishga muvaffaq boʻldi, ammo sulton 113-moddani kiritdi, bu unga har qanday odamni sudsiz yoki boshqa qonuniy choralarsiz imperiyadan surgun qilish huquqini berdi[21].

Abdulhamid II konstitutsiyaviy tuzumga hech qanday qiziqish bildirmadi, 1877-yil 5-fevralda Midxat Poshoni surgun qildi[18]. Sulton yaxtasida Brindisiga joʻnatilgan Midxat Posho, u yerdan u Fransiya, Ispaniya, Avstriya-Vengriya va Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi, bu yerlarda 1877-1878-yilgi rus-turk urushida Usmonli manfaatlarini ifoda etuvchi risolalar yozdi[22]. Midxat Poshoning Yevropadagi mashhurligi, Buyuk Britaniya bosimi ostida Abdulhamid II unga surgundan qaytishga ruxsat berdi. Midxat Posho 1878-yilning 26-sentyabrida Krit oroliga yetib keldi[23].

Urush tugagach, sulton Abdulhamid II parlamentni tarqatib yubordi va yakka monarx boshqaruviga qaytdi[19].

Suriyaga hokimlik davri tahrir

 
Anqaradagi Midxat Posho haykali

Inglizlar aralashuvi tufayli Midxat Posho yana hokimlikka koʻtarildi[15], 1878-yil 22-noyabrda Suriya hokimi boʻldi, bu lavozimda 1881-yilning 31-avgustigacha[24] ishladi. U o‘z faoliyati davomida viloyatni isloh qilishga intildiManba xatosi: Closing </ref> missing for <ref> tag.

U Suriyadagi koʻplab arablarni davlat xizmatiga, jumladan, qoimaqom va mutasarriflik lavozimlariga qabul qildi[24]. U matbuotning rivojlanishiga turtki berdi, gazetalar soni o‘n ikkidan oshdi[24]. Yoʻllar qurilishi, xavfsizlikni taʼminlashga ham eʼtibor berildi[24]. U mahalliy boylarni Tripolidagi tramvay tizimi va Bayrut savdo-sanoat palatasini tashkil etish kabi mahalliy loyihalarni moliyalashtirishga jalb qildi[24]. Ammo Istanbuldagi sulton hukumati unga yetarlicha yordam bermayotganini his qilib, lavozimini tark etdi[15].

Vafoti tahrir

Midxat Posho qisqa muddat Izmirda Oydin viloyati hokimi sifatida xizmat qildi[25], lekin 1881-yil 17-mayda bu lavozimda bor-yoʻgʻi bir necha oy ishlagandan soʻng hibsga olindi[26]. Adliya vaziri Ahmad Javdat Posho uni Istanbulga olib keldi, unga sulton Abdulazizni oʻldirish aybi qoʻyildi[26]. Soʻroq va sud jarayoni Yulduz saroyida boʻlib oʻtdiManba xatosi: Closing </ref> missing for <ref> tag[27]. Biroq sulton hukumati Buyuk Britaniya bosimi uning qatl qilinishiga toʻsqinlik qilganini[15] daʼvo qilishadi, shuning uchun u Hijozdagi Toif qal’asiga qamaladi[28]. Ammo Hijozdagi turk noibi Usmon Posho buyrugʻi bilan1883-yil 26-aprelda Toifdagi qamoqxonada oʻldirilgan.

Manbalar tahrir

  1. Gábor Ágoston. Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing, 2009 — 378–379 bet. ISBN 978-1-4381-1025-7. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  2. Innes & Philip, Joanna & Mark. Re-Imagining Democracy in the Mediterranean, 1780-1860 (en). Oxford University Press, 2018. ISBN 978-0-19-879816-3. 
  3. Roderic H. Davison. Reform in the Ottoman Empire, 1856-1876, 1963 — 397 bet. 
  4. J. Rgen Nielsen. Religion, Ethnicity and Contested Nationhood in the Former Ottoman Space. BRILL, 9 December 2011 — 117 bet. ISBN 978-90-04-21133-9. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  5. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named NNp117
  6. Toby Dodge. Inventing Iraq: The Failure of Nation-Building and a History Denied. C. Hurst & Co. Publishers, 2003 — 57 bet. ISBN 978-1-85065-728-6. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  7. Hanioglu, M. Sukru. The Young Turks in Opposition. Oxford University Press, 1995. ISBN 0195358023. 2017-yil 6-mayda qaraldi. 
  8. The Syrian Land: Processes of Integration and Fragmentation : Bilād Al-Shām from the 18th to the 20th Century. Franz Steiner Verlag, 1998 — 260 bet. ISBN 3515073094. 2017-yil 6-mayda qaraldi. 
  9. Zvi Yehuda Hershlag. Introduction to the Modern Economic History of the Middle East. Brill Archive, 1980 — 36–37 bet. ISBN 978-90-04-06061-6. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  10. Caroline Finkel. Osman's Dream: The Story of the Ottoman Empire 1300-1923. John Murray, 19 July 2012 — 6–7 bet. ISBN 978-1-84854-785-8. 2013-yil 11-iyunda qaraldi. 
  11. M. Th. Houtsma. E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL, 1993 — 481 bet. ISBN 978-90-04-09791-9. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  12. Gábor Ágoston. Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing, 2009 — 378–379 bet. ISBN 978-1-4381-1025-7. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. Gábor Ágoston; Bruce Alan Masters (2009). Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing. pp. 378-379. ISBN 978-1-4381-1025-7. Retrieved 9 June 2013.
  13. Selçuk Akşin Somel. The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield, 2010 — 188 bet. ISBN 978-0-8108-7579-1. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  14. M. Th. Houtsma. E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL, 1993 — 481 bet. ISBN 978-90-04-09791-9. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. M. Th. Houtsma (1993). E.J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL. p. 481. ISBN 978-90-04-09791-9. Retrieved 9 June 2013.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 Gábor Ágoston. Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing, 2009 — 378–379 bet. ISBN 978-1-4381-1025-7. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. Gábor Ágoston; Bruce Alan Masters (2009). Encyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing. pp. 378-379. ISBN 978-1-4381-1025-7. Retrieved 9 June 2013.
  16. M. Th. Houtsma. E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL, 1993 — 481 bet. ISBN 978-90-04-09791-9. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. M. Th. Houtsma (1993). E.J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. BRILL. p. 481. ISBN 978-90-04-09791-9. Retrieved 9 June 2013.
  17. 17,0 17,1 J. Rgen Nielsen. Religion, Ethnicity and Contested Nationhood in the Former Ottoman Space. BRILL, 9 December 2011 — 121 bet. ISBN 978-90-04-21133-9. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  18. 18,0 18,1 18,2 18,3 18,4 Zvi Yehuda Hershlag. Introduction to the Modern Economic History of the Middle East. Brill Archive, 1980 — 36–37 bet. ISBN 978-90-04-06061-6. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. Zvi Yehuda Hershlag (1980). Introduction to the Modern Economic History of the Middle East. Brill Archive. pp. 36-37. ISBN 978-90-04-06061-6. Retrieved 9 June 2013.
  19. 19,0 19,1 19,2 Selçuk Akşin Somel. The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield, 2010 — 188 bet. ISBN 978-0-8108-7579-1. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. Selçuk Akşin Somel (2010). The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield. p. 188. ISBN 978-0-8108-7579-1. Retrieved 9 June 2013.
  20. James J. Reid. Crisis of the Ottoman Empire: Prelude to Collapse 1839-1878. Franz Steiner Verlag, 2000 — 311–313 bet. ISBN 978-3-515-07687-6. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  21. 21,0 21,1 Victor Roudometof. Nationalism, Globalization, and Orthodoxy: The Social Origins of Ethnic Conflict in the Balkans. Greenwood Publishing Group, 2001 — 87 bet. ISBN 978-0-313-31949-5. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  22. Brill Academic Publishers. The Encyclopedia of Islam, Volume 6, Fascicules 114a: Preliminary Matter and Binder. BRILL, 1990 — 1034 bet. ISBN 978-90-04-09249-5. 2013-yil 11-iyunda qaraldi. 
  23. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Publishers1990
  24. 24,0 24,1 24,2 24,3 24,4 ʻAbd al-ʻAzīz Dūrī. The Historical Formation of the Arab Nation: A Study in Identity and Consciousness. Taylor & Francis, 1987 — 165–166 bet. ISBN 978-0-7099-3471-4. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. ʻAbd al-ʻAzīz Dūrī (1987). The Historical Formation of the Arab Nation: A Study in Identity and Consciousness. Taylor & Francis. pp. 165-166. ISBN 978-0-7099-3471-4. Retrieved 9 June 2013. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Dūrīp165" defined multiple times with different content
  25. Moše Šārôn. Studies in Islamic History and Civilization: In Honour of Professor David Ayalon. BRILL, 1986 — 372 bet. ISBN 978-965-264-014-7. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  26. 26,0 26,1 Caroline Finkel. Osman's Dream: The Story of the Ottoman Empire 1300-1923. John Murray, 19 July 2012 — 6–7 bet. ISBN 978-1-84854-785-8. 2013-yil 11-iyunda qaraldi. Caroline Finkel (19 July 2012). Osmanʼs Dream: The Story of the Ottoman Empire 1300-1923. John Murray. pp. 6-7. ISBN 978-1-84854-785-8. Retrieved 11 June 2013.
  27. Halide Edib. House with Wisteria: Memoirs of Turkey Old and New. Transaction Publishers, 2011 — 203–204 bet. ISBN 978-1-4128-1540-6. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. 
  28. Selçuk Akşin Somel. The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield, 2010 — 188 bet. ISBN 978-0-8108-7579-1. 2013-yil 9-iyunda qaraldi. Selçuk Akşin Somel (2010). The A to Z of the Ottoman Empire. Rowman & Littlefield. p. 188. ISBN 978-0-8108-7579-1. Retrieved 9 June 2013.

Havolalar tahrir

Siyosiy idoralar
Oldingisi Grand Vizier of the Ottoman Empire
31 July 1872 – 19 October 1872
Keyingisi
Oldingisi Grand Vizier of the Ottoman Empire
19 December 1876 – 5 February 1877
Keyingisi
Oldingisi
Sabri Pasha
Governor of Aidin
1880 – 17 May 1881
Keyingisi
Ali Pasha
Oldingisi
Governor of Ottoman Syria
22 November 1878 – 31 August 1881
Keyingisi