Migel Kapuchini (ital. Migel Kapuchini) — urugvaylik futbolchi, darvozabon.1904-yil 5-yanvarda Montevideoda tugʻilgan.Urugvay milliy terma jamoasi tarkibida 1930-yilgi birinchi jahon chempionati ishtirokchisi va chempioni.

Futbol
Migel Kapuchini
Tugʻilgan sana va joyi 1904-yil 5-yanvar(1904-01-05)

Urugvay, Montevideo
Oʻlimi 1980-yil 9-iyun(1980-06-09) (76 yosh)

Urugvay, Montevideo
Fuqaroligi Flag Urugvaya Urugvay
Ampulasi darvozabon
Klubdagi faoliyati[* 1]
192?—1927 Flag Urugvaya „Montevideo Uonderers“ ? (?)
1928—1934 Flag Urugvaya Penyarol ? (?)
Terma jamoada[* 2]
1927—1930 Flag Urugvaya Urugvay 6 (-6)
Xalqaro medallari
Jahon chempionati
Oltin Urugvay 1930
Janubiy Amerika chempionati
Kumush Peru 1927
  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.

Tarjimai holi tahrir

Migel Kapuchini klubdagi faoliyati davomida „Montevideo Uonderers“ va „Penyarol“ klublarida oʻynagan.1927-yilda Urugvay terma jamoasi safida Argentina terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi. Montevideoda urugvayliklar minimal 0:1[1] hisobida magʻlub boʻlishdi.Oʻsha yili u Janubiy Amerika chempionatida Urugvay terma jamoasi safida oʻynadi. Peruda Urugvay terma jamoasi argentinaliklarni ortda qoldirib, ikkinchi oʻrinni egalladi."Uonderers" vakili Kapuchini oʻynagan uchta oʻyinda ham asosiy darvozabon boʻldi. Shu bilan birga, uchta oʻyinning ikkitasida urugvayliklar Peru terma jamoasini 4:0,Boliviya terma jamoasini 9:0 hisobida magʻlub etishgani holda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.Faqat Argentina terma jamoasi Migel darvozasiga gol urib, uchrashuvda (shuningdek chempionatda) 3:2 hisobida zafar quchdi.

Migel Kapuchini milliy terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 1927-yil 10-dekabrda Santyagoda oʻtkazdi.Oʻrtoqlik uchrashuvida urugvayliklar mezbonlar Chili terma jamoasini 3:2[1] hisobida magʻlub etishdi.

Kapuchini zaxira darvozaboni boʻlgani uchun 1930-yilgi jahon chempionatida birorta ham oʻyin oʻtkazmadi, lekin jahon chempioni ham boʻldi.Oʻsha paytda Kapuchini allaqachon „Penyarol“da oʻynagan edi.Ushbu klub tarkibida Kapuchini uch marta Urugvay chempioniga aylandi.1980-yil 9-iyunda vafot etgan.

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Матчи сборной Уругвая (1901—1965)“ (ruscha). celeste-rus.ru (26-iyul 2011-yil). 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2011-yil.

2.1930—2002-yillardagi jahon chempionlari

3.Janubiy Amerika chempionati 1927-yil

4.Urugvay terma jamoasida kamida 5 oʻyin oʻtkazgan futbolchilar roʻyxati

5.Urugvay terma jamoasining tugʻilishi