Mikroiqtisodiyot (yunoncha μικρός – kichik; οἶκος – uy; νόμος – qonun) – ishlab chiqarish, taqsimlash, isteʼmol va ayirboshlash faoliyatida alohida iqtisodiy agentlarni oʻrganuvchi iqtisodiyot nazariyasining boʻlimi. Iqtisodiyot nazariyasi oʻrganadigan asosiy obyektlarga uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalar kiradi. Mikroiqtisodiy darajada amalga oshirilgan tadqiqotlarga koʻra makroiqtisodiy modellar tuziladi Mikroiqtisodiyot marketing, menejment kabi yoʻnalishlar uchun nazariy baza vazifasini oʻtaydi.

Tarixi tahrir

Iqtisodiy bazis tushunchalar tahrir

Talab va taklif modeli tahrir

Talab va taklif modeli, „Marshall qaychisi“ bozorda muvozanat narx (p*) va muvozanat miqdor (q*) belgilab beruvchi model hisoblanadi.

Talab tahrir

Talab – bu maʼlum vaqt oraligʻida, mumkin boʻlgan har bir narxda isteʼmolchi sotib olishga xohish va imkoniyati boʻlgan tovarlar soni. Talab – bu pul bilan taʼminlangan ehtiyoj.

Taklif tahrir

Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning foyda olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi.

Bozor muvozanati tahrir

Bozor strukturasi tahrir

Mukammal raqobat tahrir

Mukammal raqobat – bozorda toʻsiq mavjud boʻlmagan, barcha sotuvchilar teng sharoitda savdo qiluvchi bozor turi.

Monopolistik raqobat tahrir

Monopolistik raqobat – bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash boʻlgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi. Monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot tabaqalashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, koʻrinishi, xizmat koʻrsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi.

Oligopoliya tahrir

Oligopoliya — tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holatidir.

Monopoliya tahrir

Monopoliya (yunoncha mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli.

Xulq-atvor iqtisodiyoti tahrir

1979-yilda Daniel Kahneman va Amos Tversky hammuallifligida iqtisodiy agentlar xulq-atvori toʻgʻrisida maqola chop etildi. Maqolada ratsional iqtisodiy agent va chekli naflilik gʻoyalari tanqid qilingan edi. Muallliflar fikricha, iqtisodiy agent qoʻshimcha naflilikdan koʻra yoʻqotishlarga koʻproq ahamiyat beradi[1].

Adabiyotlar tahrir

  • Sаlimov, B. T.; Yusupov, M.S.; Salimov, B. B.. Mikroiqtisodiyot (Darslik). Iqtisodiyot, 2019 — 366 bet. 

Manbalar tahrir