Milliy til — umumiy hudud, iqtisod va maʼnaviy boylik bilan birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiytarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan Milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. Milliy til kabila, elat tillaridan farqlanadi.U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi. "Milliy til" tushunchasi tilning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi boʻlib, mavjudlikning boshqa tur(lar)iga (urugʻ, kabila yoki elat tiliga), shuningdek, boshqa Milliy tillarga qarama-qarshi qoʻyilishi (mas, oʻzbek tilining qozoq tilidan farqlanishi) mumkin. Har bir millat oʻz tiliga ega. Baʼzan bir millat bir necha tilga ega boʻlishi mumkin: belgiyaliklar — bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida soʻzlashadi. Shveysariyaliklar — yagona millat, lekin ular nemis, fransuz, italyan va retoroman Milliy tillarida soʻzla-shadi. Aksincha, bir necha millatlar bir Milliy tildan foydalanadilar, xususan, AQSH, Angliya, Avstraliya va boshqa inglizcha soʻzlashuvchi mamlakatlarda ingliz Milliy tilining variantlari, yaʼni britaniya ingliz, amerika ingliz, avstraliya ingliz variantlari qoʻllanadi. Milliy tilning hosil boʻlishi uzoq va murakkab jarayondir. Milliy tilning shakllanishidagi eng oliy bosqich milliy adabiy til hisoblanadi. Biroq Milliy til adabiy tildan farqdanib, ogʻzaki nuqt va xalq shevalarini ham oʻz ichiga oladi.

Abduzuhur Abduazizov.[1]

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil