Miniatyuralar teatri - teatr turi. Repertuari ixcham asarlar (bir pardali pyesa, intermediya, mukallid, monolog, kulki-hikoya, hajviya va boshqalar) dan iborat boʻlib, baʼzan umumiy bir mazmun (syujet)ga boʻysundiriladi. Hayotda uchrab turadigan kamchiliklar, kulgili voqealar, kundalik muammolar hamda dolzarb mavzular satira va yumor orkali ifodalanadi. Yevropa uslubidagi zamonaviy Miniatyuralar teatri 19-asrning 2-yarmida Fransiyada paydo boʻlgan. Oʻzbekistonda bu janrdagi tomosha ildizlari qadim zamonlarda paydo boʻlgan masharabozlik teatrita taqaladi. Milliy uslubdagi Miniatyuralar teatri masharabozlik, qiziqchilik sanʼatining juda koʻpkoʻrinishlarini oʻzlashtirgan, davr ruhiga moslab rivojlantirilgan. 1962-yildan Oʻzbekiston televideniyesi "Yoshlik" studiyasi qoshida "Televizion miniatyuralar teatri" ishlab turibdi.

Muhsin Qodirov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil