Minimal yashovchan mahsulot (inglizcha: minimum viable product, MVP) — bu minimal, lekin birinchi isteʼmolchilarning talablarini qondirish uchun yetarli funktsiyalarga ega boʻlgan mahsulotdir. Asosiy vazifasi — mahsulotning keyingi rivojlanishi uchun gipotezalarni shakllantirish borasidagi fikr-mulohazalarni yigʻib olishdir.[1][2]

MVP chiqarilishiga eʼtibor qaratilishi ishlab chiqaruvchilarning vaqt talab qiladigan va (oxir-oqibat) keraksiz ishlardan qochishlarini anglatadi. MVP-dan maʼlumot toʻplash koʻpincha juda koʻp funksiyalarga ega mahsulotni ishlab chiqishdan koʻra arzonroqdir. Bu, masalan, notoʻgʻri taxminlar tufayli mahsulot ishlab ketmasa, xarajatlar va xavflarni kamaytirish imkonini beradi.[3][4] Kompaniyada MVPning mavjud boʻlishi venchur moliyalashtirishni jalb qilish shartlaridan biridir.[5]

Bu atama taxminan 2001-yilda Frenk Robinson tomonidan oʻylab topilgan va taʼrif berilgan boʻlib, Stiv Blank va Erik Ris tomonidan ommalashtirilgan.[6][7][8][9] Bu atama, shuningdek, bozorning dastlabki tahlilini oʻtkazishni ham oʻz ichiga olishi mumkin.

MVP mijozlar uchun bozor qanday munosabatda boʻlishini koʻrish uchun potentsial biznes modelini sinovdan oʻtkazib berishini inobatga olinsa, bu, ayniqsa, oldindan tayyorlab olingan izolyatsiyalangan biznes modelini amalga oshirishdan koʻra, koʻproq potentsial biznes imkoniyatlarini aniqlash gʻamida boʻlgan yangi / faoliyatini endi boshlayotgan kompaniyalar uchun foydalidir.[10]

Manbalar tahrir

  1. „Minimum Viable Product (MVP)“. techopedia.com. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  2. „Minimum Viable Product: a guide“. startuplessonslearned.com. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  3. „Minimum Viable Product: A maximally misunderstood idea“. slalom.com. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  4. „A Minimum Viable Product Is Not a Product, It's a Process“. ycombinator.com. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  5. „Series A, B, C Funding: Averages, Investors, Valuations“. fundz.net. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  6. „A Proven Methodology to Maximize Return on Risk“. syncdev.com. 2019-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  7. „Perfection By Subtraction – The Minimum Feature Set“. steveblank.com. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  8. „The single worst marketing decision you can make“. thenextweb.com. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  9. „Venture Hacks interview: "What is the minimum viable product?"“. startuplessonslearned.blogspot.com. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  10. „Why the Lean Start-Up Changes Everything“. hbr.org. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.