Mirzagul Sapayeva (1962.13.2, Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (2002). Qoraqalpogʻiston xalq artisti (1994), Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan artist (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1985). 1985-yildan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida ishlaydi. Ona ("Ona"), Maysara ("Maysaraning ishi" operasida), birinchi qorakalpoq operasi "Ajiniyaz"da Ayborek, Oysanam ("Suymaganga suykanma"), Shohsanam ("Oshiq Gʻarib va Shohsanam"), Xonuma ("Xonuma xonim"), Gulshara ("Sharʼyar") kabi rollari bilan shuhrat qozondi. S. ijodi betakror, yoqimli va jarangdor ovozi, vokal imkoniyatlarini boyitib borishi, yangilikka intilishi, milliyligi bilan ajralib turadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil