Mirzakent (qozoqcha: Мырзакент, 1995-yilgacha — Slavyanka) — qishloq, Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining maʻmuriy markazi. Jetisay shahridan 23 uzoqlikda joylashgan.

Mirzakent

Мырзакент
qishloq
40°39′46.21″N 68°33′22.38″E / 40.6628361°N 68.5562167°E / 40.6628361; 68.5562167 G OKoordinatalari: 40°39′46.21″N 68°33′22.38″E / 40.6628361°N 68.5562167°E / 40.6628361; 68.5562167 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Turkiston viloyati
Tuman Maqtaaral tumani
Hukumat
Asos solingan 1910
Avvalgi nomlari Gavrilenko, Slavyanskiy, Slavyanka
Iqlim turi keskin kontinental
Aholisi
 (2019)
13 339[1]
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 725 41[2]
Pochta indeks(lar)i 160547 [3]
Avtomobil kodi X-(eskisi), 13-(yangisi)
Mirzakent xaritada
Mirzakent
Mirzakent

Aholisi tahrir

1999-yilda qishloq aholisi 10146 kishini tashkil qilgan. (4923 nafari erkaklar va 5223 nafari ayollar)[4]. 2009-yilgi sanoq boʻyicha qishloq aholisi 13274 kishini tashkil qilgan (6449 nafari erkaklar va 6825 nafari ayollar)[4].

2019-yil 1-yanvardagi maʻlumotga asosan qishloqda 13339 kishi istiqomat qilmoqda (6680 nafari erkaklar va 6659 nafari ayollar)[1].

Ijtimoiy soha tahrir

Qishloqda 6 ta oʻrta maktab, 1 gimnaziya, 1 prezident lingvistik maktabi, 36 ta bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, kutubxona, "Sirdaryo" universiteti, Mirzakent koʻp sohali kolleji, kasalxona, kinoteatrlar oʻz faoliyatini yuritmoqda.[5]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Численность населения Республики Казахстан по полу в разрезе областей, городов, районов, районных центров и поселков на 1 января 2019 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 2019-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  2. „Turkiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. (WebCite saytida 2013-02-27 sanasida arxivlangan)
  5. Qozoq ensiklopediyasi, VI-tоm