Mitoxondriyaning elektron transport zanjiri

Mitoxondriyaning elektron transport zanjiri (kiskacha ETZ) - bu mitoxondriyaning membranasida joylashgan oqsillar sistemasi. ETZning asosiy funksiyasi - bu NADHdan proton olib uning kislorodga berish, bunda mitoxondriyaning membranalar aro boshligida protonalar soni oshib, u yerda elektrokimyoviy potentsial paydo bo'ladi. Elektrokimyoviy potentsial esa ATFning hosil qilishida ishtirok etadi.

Elektron transport zanjiri mitoxondriyadagi yemiriluvchi fosforilash jarayonida ishtirok etadi. Krebs siklida hosil bo'lgan suksinat va NADH mitoxondriyaning membranalar aro boshligida elektro-kimyoviy potentsialini yaratishda ishtirok etadi.

Eukaryotik mitokondriyada elektron transport zanjiri NADH oksidlanishidan va kompleks I (NADH degidrogenazasi) da ubixinon Q ning qaytarilishi bilan boshlanadi. Keyingi kompleks II (Suksinat degidrogenazasi) suktsinatni fumaratgacha oksidlantiradi va ubixinonni qaytaradi. Ubixinon Q oksidlanib, sitoxrom c ni kompleks III (Sitoxrom bc kompleksi) da qayta tiklaydi. Zanjirning oxirida murakkab kompleks IV (Sitoxrom c oksidazasi) elektronlarni sitoxrom c dan kislorodga uzatib suv hosil qilishda ishtirok etadi. Reaksiya natijasida, har bir chiqarilgan 6 ta proton va 6 ta elektronga 1 O2 molekulasi va 10 NADH molekulasining ishlatilishi sababli 2 ta suv molekulasi chiqariladi.

Hosil bo'lgan elektron-kimyoviy potentsial ATF-sintaza fermenti yordamida ATF energiyasiga o'tkaziladi.