Mixail Fyodorovich (1596.12.7 – Moskva – 1645.13.7) — Rossiya tarixida romanovlar sulolasining asoschisi (1613-yil 21-avgustdan). Boyar F. N. Romanov (keyinrok, patriarx Filaret)ning oʻgʻli. Moskvadan polyak bosqinchilari haydab chiqazilgach, boyarlar tashabbusi bilan Zemstvo sobori 16 yoshli Mixail Fyodorovichni podsho qilib koʻtargan. Irodasiz, kasalmand Mixail Fyodorovich podsholik davrida davlat ishlarini idora etish uning yaqin qarindoshlari va otasi (rasmiy ravishda ulugʻ hukmdor unvoniga ega boʻlgan) Filaret (1619–33 yilgacha), keyin boyarlar qoʻlida boʻlgan. Mixail Fyodorovich hukumati mamlakatda urushni toʻxtatish maqsadida Shvetsiya bilan Stolbov sulhi (1617), Polsha bilan Deulin yarash axdini (1618) tuzgan. Lekin Smolensk va boshqa rus yerlarini qaytarib olish maqsadida 1632–34 yillarda Polsha bilan yana urush olib borgan. Mixail Fyodorovich davrida Sibirni egallash boʻyicha tadbirlar davom ettirilgan, qrim tatarlariga qarshi mudofaa istehkomlarini qurish jadal olib borilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil