Mixail Mixaylovich Kasyanov (ruscha: Михаи́л Миха́йлович Касья́нов; 8-dekabr 1957-yil) – Rossiya davlat arbobi, Bosh vazir (2000-2004)[1][2][3][4], Xalq ozodligi partiyasi raisi (2004-yildan)[5][6][7][8].

Mixail Mixaylovich Kasyanov
Михаил Михайлович Касьянов
 PARNAS raisi
 
Mansab davri
2015-yil 5-iyuldan – 2023-yil 5-maygacha
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim bekor qilingan
 RPR-PARNAS hamraisi
Mansab davri
2012-yil 16-iyundan – 2015-yil 5-iyulgacha
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim bekor qilingan
Rossiya uchun partiyasi hamraisi
Mansab davri
2010-yil 16-sentabrdan – 2012-yil 16-iyungacha
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim bekor qilingan
RXDI ittifoqi raisi
Mansab davri
2006-yil 1-iyuldan
Oʻtmishdoshi lavozim taʻsis etilgan
 Rossiya Bosh vaziri
 
Mansab davri
2000-yil 17-maydan – 2004-yil 24-fevralgacha
(2000-yil 7-maygacha v. b.)
Prezident Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Vladimir Putin
Vorisi Viktor Xristenko (v. b.)
Mixail Fradkov
 Rossiya Moliya vaziri
 
Mansab davri
1999-yil 25-maydan – 2000-yil 17-maygacha
Hukumat boshligʻi Sergey Stepashin
Vladimir Putin
Prezident Boris Yeltsin
Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Mixail Zadornov
Vorisi Aleksey Kudrin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-dekabr 1957-yil (1957-12-08) (66 yosh)
Moskva, Moskva viloyati, SSRI

Biografiya tahrir

1976-yilda Moskva avtomobil-yoʻllar institutini tugatgan.

1976—1978 – armiyada xizmat qilgan.

1978-1981 – SSSR FA sanoat, transport, ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan.

1981-yilda RSFSR Gosplan davlat apparatiga qabul qilindi. Muhandis, iqtisodchi, bosh mutaxassis, tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻlib ishladi.

1987-yilda SSSR Gosplan Oliy iqtisodiy kurslarini tamomlagan.

1990—1991 – Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot hamda tashqi iqtisodiy aloqalar davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi.

1991—1993 – Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi boʻlim boshligʻi.

1995-yilda Moliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

1999-yilda Yevropa Banki bosh kotibining oʻrinbosari boʻldi.

1999-yilda Rossiya Federatsiyasi Moliya vaziri etib tayinlandi.

2000-yilda Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari.

2000—2004-yillarda – Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri.

2006-yil 8-aprelda Kasyanov boshchiligida „milliy-demokratik ittifoq“ yangi muxolifat harakati tuzildi. 1-iyulda harakat „rus xalqi demokratik ittifoqi“ harakatiga aylantirildi.

2010-yilda Boris Nemtsov, Vladimir Rijkov va Vladimir Milov boshchiligidagi „Rossiya korrupsiyasizlik uchun“ koalitsiyasiga qoʻshildi.

2015-yilda Aleksey Navalniy boshchiligidagi demokratik koalitsiyaga qoʻshildi.

2023-yilda „xorijiy agent“ deb eʼlon qilingan[9].

Manbalar tahrir

  1. „Кабинет Касьянова: чем помогли России реформы накануне тучных лет“. www.forbes.ru. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
  2. „Реформы Михаила Касьянова“. businesspress.ru. 2017-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
  3. „Указ Prezidentа РФ от 17.05.2000 N 861"О Председателе Правительства Российской Федерации"“. uristu.com. 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul. (Wayback Machine saytida 2017-08-11 sanasida arxivlangan)
  4. „УКАЗ Prezidentа РФ от 24.02.2004 N 264 - Сейчас.ру“. www.lawmix.ru. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
  5. „Партия народной свободы“. parnasparty.ru. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
  6. О создании ликвидационной комиссии в связи с упразднением Госэкономики РСФСР., 2020-06-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-26
  7. Указ Prezidentа РСФСР от 11-noyabr 1991-yilа № 190, 2012-06-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-26
  8. [Vneshniy i vnutrenniy dolg|http://kaig.ru/rf/debtgdp.pdf (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)]
  9. Россия собиқ бош вазири Михаил Касянов «хорижий агент» деб эълон қилинди

Havolalar tahrir