Mixail Joʻrabekovich Tolmasov (1887, Buxoro —1969.30.3, Samarqand) — maqomchi xonanda, sozanda (tanbur, dutor, doyra). Oʻzbekiston xalq artisti (1936). Ota Jalol Nosirov. Levicha hofiz Boboxonovlardan Shashmaqomning ashula va cholgʻu yoʻllarini oʻrgangan. Ovozi juda yoqimli boʻlib. ashulalarni maqom ijrochiligidagi mumtoz uslubda mahorat bilan aytgan. Turli ansambllar (1920—33), Samarqanddagi mahalliy yahudiylar teatri, Buxoro mahalliy yahudiylar truppasi (1933—38)da xonanda va sozanda, Buxoro viloyati sanʼat boshkarmasi rax,bari (1938—41), Oʻzbek davlat filarmoniyasi krshidagi tojik ashula va raqs ansamblida xonanda, badiiy rahbar (1941—48). Yu. Rajabiy T. ijrosida "Savti Ushshoq", "Savti Navo", "Moʻgʻulchai Dugoh", "Moʻgʻulchai Segoh" (shoxobchalari bilan) notaga olib, Shashmaqom nashrlarida keltirgan. T. ijrolari gramplastinkalarga ham yozilgan. Bastakor sifatida "Najot", "Zulmi amir" musiqali komediyalarga kuy bastalagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil