Moʻgʻul xalqlari yoxud moʻgʻullar - moʻgʻul tillarida soʻzlashuvchi hamda umumiy koʻp asrlik tarix, madaniyat, anʼana va urf-odatlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan qardosh xalqlar guruhi[5][6][7].

Moʻgʻul xalqlari
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni

Jami: 10 millionga yaqin
 Xitoy: 5.9 mln[1]
 Moʻgʻuliston: 3,0 mln[2]
 Rossiya: 647 747 (2010)[3][4]

Til moʻgʻul tillari, xitoy tili, rus tili
Dini buddizm, shomonlik, tangrichilik, pravoslavlik, islom, protestantlik, katolik
Irqiy turi mongoloid
Oʻxshash xalqlar tungus-manjurlar, turkiy xalqlar
Etnik guruhlar oltoy tillari
Moʻgʻul xalqlari yashaydigan joylar xaritada qizil rangda koʻrsatilgan. Toʻq sariq chiziq XIII asr oxirlarida Moʻgʻullar imperiyasining qamrovini koʻrsatadi.
Soyombo — moʻgʻul xalqlarining razmlaridan biri
Milliy libosdagi moʻgʻul ayollari. Ulan-Bator, 2007-yil

Ular Xitoyning shimolida, Moʻgʻulistonda va Rossiya Federatsiyasining viloyatlari - Buryatiya va Qalmogʻiston respublikalarida, shuningdek, Ust Oʻrda Buryat tumanida (Irkutsk viloyati) va Agin Buryat tumanida (Zabaykal oʻlkasi) yashaydilar[8].

10 millionga yaqin odam oʻzini moʻgʻul xalqi deb hisoblaydi. Ularning 3 millioni Moʻgʻulistonda, 4 millioni Ichki Moʻgʻuliston muxtor rayonida, 3 milliongachasi Lyaonin, Gansu, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni va Xitoyning boshqa hududlarida tarqalganlar[9].

Nomining kelib chiqishi tahrir

Bir qator tadqiqotchilar (N.S. Munkuyev) „moʻgʻul“ etnonimi birinchi marta Xitoy manbalaridan biri boʻlmish 945-yilda tuzilgan „Szyu Tan shu“ („Tan sulolasining eski tarixi“)da „men-u shi-vey“ - „moʻgʻul-shiveylar“, shuningdek 1045-1060-yillarda bitilgan „Sin Tan shu“da („Tan sulolasining yangi tarixi“) „men-va bu“ - „men-va qabilasi“ shaklida uchraydi. XII asrdagi turli xil kidon va xitoy manbalarida bu qabilalar uchun meng-ku, menguli, mangutsi, mengu go nomlari ham qoʻllanilgan[10].

“[...] XII asrda Qobulxonning[11] zodagonlar oilasi boʻrjigin nomini oldi va u bir necha qoʻshni urugʻ va qabilalarni oʻziga boʻysundirib, birlashtirgandan soʻng moʻgʻul nomini oldi va shu tariqa 1130-yilda yagona siyosiy birlik, bitta urugʻ-ulus tashkil topdi. Bu ulusga qadimgi va qudratli odamlar yoki urugʻlarning nomi xotirasiga moʻgʻul nomi berilgan […]”
— rus moʻgʻulshunosi B.Ya. Vladimirtsov

Ehtimol, mangʻit urugʻining nomi (moʻgʻ.: мангуд) „moʻgʻullar“ nomining qadimgi talaffuzi boʻlishi mumkin[12].

Buryat olimi D. Banzarov moʻgʻul etnonimni tarixiy geografik nomlar boʻlmish Moʻn daryosi va Moʻna togʻi nomiga bogʻlashga uringan[13]. Xasdoʻrjning soʻzlariga koʻra, Ordosdagi Moʻn togʻining yaqin joylarida yashagan odamlar moʻn nomini olgan. Unga gʻol soʻzi qoʻshilib, natijada moʻngʻol nomi paydo boʻlgan. Gʻol moʻgʻulcha soʻz boʻlib, markaziy, asosiy maʼnosini anglatadi[14]. Shuningdek, ikkinchi qarash ham ilgari surilgan boʻlib, unga koʻra moʻgʻul nomi moʻgʻulcha moʻnx (abadiy) va gal (olov) soʻzlarining birikuvidan hosil boʻlgan[15].

Moʻgʻul olimi J. Bayasax moʻgʻul nomi moʻgʻulcha moʻngoʻ (kumush) soʻzining oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan, deb taxmin qiladi[16]. Moʻgʻul va moʻngoʻ (kumush) tushunchalari oʻrtasidagi bog'liqlik 1237-yildagi xitoy bitigi „Xey da shi lyue“ („Qora tatarlar haqida qisqacha maʼlumot“)da qayd etilgan. Bu matnlarda Buyuk Moʻgʻuliston aholisi oʻz davlatini “Buyuk Kumush sulolasi” deb atagani aytiladi[17].

B.R. Zoriktuyevning taʼkidlashicha, moʻgʻul atamasining koʻplab talqinlar ichidan tungus-manjur tillaridagi mangmu / manggu / mangga „kuchli, chidamli, qattiq“ maʼnosini ajratib koʻrsatadi[18][19]. L. Bilegtu esa, moʻgʻul nomi moʻgʻulcha „qiyan“ soʻzining tungus-manjur tillaridagi kalkasi deb hisoblaydi[20]. Rashiduddinning „Jome at-tavorix“ („Tarixlar toʻplami“) asaridan maʼlumki, moʻgʻul tilida qiyan „togʻlardan pasttekislikka oqib oʻtadigan, boʻronli, tez va kuchli katta oqim, tezoqar oqim“ maʼnosini berishi aytilgan[21]. B.R. Zoriktuyev, oʻz navbatida, qiyan Argun daryosining oʻng irmogʻi — Mangu (Szilyuxe)ning tunguscha soʻzning moʻgʻulcha kalkasi, deb hisoblaydi. Uning yozishicha, Mangu daryosining Argunga quyilishidagi moʻgʻul aholisini tunguslar mangʻol deb atashgan, ya’ni „tezkor, boʻronli Mangu daryosida yashovchi odamlar“. Aynan oʻsha yerda tabgʻachlarning Tan sulolasi davrida B.R. Zoriktuyevning fikricha, qadimgi moʻgʻul qabilalari qiyan va nukuz yashagan moʻgʻullarning afsonaviy ilk vatani Ergunakun joylashgan[22].

Ayuudan Ochir ushbu nazariyani rivojlantirar ekan, moʻgʻul etnik nomi manggu soʻzidan kelib chiqqanligini, bu soʻz oʻz navbatida tungus-manjur tillaridagi man (mam ü mang) — qattiq, qiyin va katta maʼnoni bildirishini hamda ushbu oʻzakka mu (mü) — suv soʻzi qoʻshilishidan kelib chiqqan degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, dastlab manggʻu soʻzi boʻlib, keyinchalik manggʻul yoki mongʻu/ol shakliga aylangan. Xitoy manbalarida qayd etilgan mengguzi (蒙古子,萌骨子), mengguosi (蒙国斯), menggusi (蒙古斯, 萌古斯) ismlari tungus-manjur tilidagi koʻplik affiksi -se qoʻshimchasini qoʻshish natijasida mangguse yoki mongguse shakli paydo boʻlgan[23].

Tarixi tahrir

 
Toshtaxta qabrlilar madaniyatining tarqalgan hududi

Miloddan avvalgi II—I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda yashagan protomoʻgʻul qabilalari Toshtaxta qabrlilar madaniyatini yaratgan[24][25]. Miloddan avvalgi 209-yilda podshoh Moʻde Moʻgʻul platosida Hun xoqonligiga (miloddan avvalgi 209-milodiy II asr) asos solgan. L.N. Gumilyov hunlarning ajdodlarining miloddan avvalgi X asrda Gobi sahrosining janubiy chekkasidan shimolga koʻchishi haqida yozgan[26]. Syunyuy, chunvey (shunvey), guyfan, syanyun, jun, shan-jun, syuan-jun (syuani, xunyi), beydi (jumladan, baydi, chidi) kabi qabilalar hunlarning ajdodlari hisoblanadi.

N.Ya. Bichurin, oʻz navbatida, moʻgʻul xalqlarining tarixi miloddan avvalgi XXV asrdan kam emas deb hisoblagan. Olimning yozishicha, sunyuy, syanyun va xiongnu bir xil xalqning uch xil nomi boʻlib, hozir moʻgʻul nomi bilan maʼlumdir.[27]. Keyinchalik, Sima Syan miloddan avvalgi XVIII asrda qulagan Sya podsholigining Shun-Vey ismli shahzodasi va uning qoʻl ostidagilar shimoliy dashtlarga borib, u yerda sunyuy (hun) qabilalari bilan tanishib, oxir-oqibat ular bilan aralashib, koʻchmanchi turmush tarzini oʻzlashtirganlar deya yozib qoldirgan[28].

Moʻgʻul xalqlari tahrir

 
Moʻgʻul tillarining tarqalish hududi

Hozirgi moʻgʻul xalqlarining asosini XIII asrda Moʻgʻullar imperiyasiga kirgan qabilalar tashkil etgan. Moʻgʻul imperiyasi tarkibiga kirgan mahalliy moʻgʻullar nirun va darlekin tarmoqlariga boʻlingan. Nirun moʻgʻullari tarkibiga quyidagi qabilalar kirgan: adarqin, artaqan, arlot, baarin, barlos, boʻrjigin, bugʻunut, budaat, belgʻunut, besut, geniges, jadaran, juureid, jurkin, dugʻlat, durben, qilingʻut (qilingʻut-tarxon), qingʻiyot, qiyot, kunjin, mangʻut , nir-xoyin, noʻyoxon, oronar, saljiut, sijiut, sukan, sukanut, sunit, tayjiut, ujiet, urut, xabturxas, xatagin, xonxoʻtan, chanshiut, yasar va boshqalar. Darlekin moʻgʻullari guruhiga: arulat[29], bayot, bugʻunut[30], belgʻunut, gorlos, jaloyir, ikiras, ildurkin, qilingʻut, qingʻit (geniges), kunjin, kunkliut, noʻxoʻs, olxonut, suldus, uryanxay, uryaut (oronar), ushin, xaranut, xoʻngʻirat, xonxoʻtan, eljigin va boshqalar kiradi. Chingizxon imperiyasi tarkibiga nafaqat mahalliy moʻgʻullar, balki mintaqadagi boshqa barcha moʻgʻul tilida soʻzlashuvchi bargʻut, bahrin, bulagʻachin, jungurkin, qoraxitoy, kerayit, qurlaut, merkit, nayman, oyrat, oʻngut, tangut[31], tatar, telengut, tulas, uymaqut, urasut kabi qabilalar ham kirgan[32].

Yuqoridagi qabilalarning avlodlari Moʻgʻuliston, Ichki Moʻgʻuliston, Buryatiya, Qalmogʻiston, shuningdek, moʻgʻul xalqlarining anʼanaviy yashash joylari boʻlgan boshqa hududlarda moʻgʻul xalqlari tarkibida keng tarqalgan. Moʻgʻullarning etnik shakllanishida turli tarixiy bosqichlarda hind-eron, yenisey, paleoosiyo[33], tungus-manjur, turkiy, samoyed, xitoy-tibet va boshqa etnik guruhlar ham ishtirok etgan[34].

Qadimgi moʻgʻul urugʻlari tahrir

Moʻgʻul xalqlarining asosini koʻplab qadimgi urugʻlar, nirunlar va darlekinlar avlodlari: boʻrjigin, besut, choʻnos, olxonut, urianxay, xatagin, jaloyir, xaranut, tayjiut va boshqalar tashkil etadi[35]. Shuningdek, koʻpchilik urugʻlar Moʻgʻullar imperiyasi tashkil topgan. Bularga burut, zaysan, keregut, tavnan, xoroo, xuree, xuxenut, sooxor, yunshiebu kabi urugʻlar kiradi[36].

Zaysanlar Buyuk xon saroyida zaysanlik lavozimini egallagan xizmatchilarning avlodlaridir. Tavnanlar esa, zodagon oilalarning avlodlari boʻlib, dastlab Chingizxon davrida tanlab olingan harbiy qoʻshin sifatida shakllangan. Tavnanlarning dastlabki oʻzagi besh qabila: urutlar, mangʻitlar, jaloyirlar, qoʻngʻirotlar va ikiraslardan iborat boʻlgan. Yongshiebu — Yuan imperiyasi davridan beri Buyuk xonlar saroyiga xizmat koʻrsatuvchi xizmatchilarning avlodlari. Yuqoridagi oilalar yuqori mavqega ega boʻlib, zodagon oilalar qatoriga kirgan.

Moʻgʻullarga mansub etnoslar tahrir

Hindiston yarimorolida yashovchi mogʻollar urdu, hind, bengal va assom tillarida soʻzlashadi[37].

Dashti qipchoq oʻzbeklari, dubolar (tuvalar), kaltatoylar, qirgʻizlar (pomir qirgʻizlari), qipchoqlar, qirqlar, musabozori, noʻgʻaylar, oʻgʻuzlar, xakaslar, yuzlar, yoqutlar kabi koʻplab etnik guruhlar turkiy hamda moʻgʻul qabilalari oʻrtasidagi murakkab etnik oʻzaro aloqalar natijasida rivojlangan[38][39].

Turkiy etnos va qabilalarning salmoqli qismi moʻgʻul xalqlaridan kelib chiqqan: alshin (jumladan, alimulas (qorakesak, qorasoqol, kete, toʻrtqora, sheqti (jaqaim), shumakay), bayuli (aday, alasha, oltin, baybaqti, yesentemir, jappas, qizilqurt, masqar, taz, tana, sherkesh, isiq), baylar, basmil, barin, bayandir (jumladan, berenday), bayot, giray, doʻlan, duvan, duvanay, dulat (jumladan, siqim, shimir), doʻrmon, yelan, qalmoq, qalmoqi, qatagʻon (jumladan qatagʻoni, shanishqili), qatay, qiray (jumladan, abaq, bolta), kerayit, qiyot, qoʻshsi, Qirim barinlari, qoʻngʻirot, qipsaq, laqay, mayman, mangʻit, ming (jumladan, min (qubou) subi, mingi), monoldor, murzalar, oʻrazkeldi, salut, tabin (jumladan, irekte, kesa, qubalyoq, tabin (qabila)), tabin (urugʻ), tama, tamyan, tangʻaur, tolengit, toʻra, turgʻaq, uaq, uysun (jumladan, alban, oshaqti, sirgʻali, suan, shaprashti, isti), ungʻut, unlar, uran, chigʻatoy, cherik va boshqalar.

Bulardan tashqari, moʻgʻullar tarkibiga argʻin (jumladan, atigʻay, qanjigʻali, qorakesak, quvondiq (jumladan, oltoy-qarpiq), suyindiq (jumladan, aydabol, qarjas), taraqti, toʻbiqti, shegendiq (jumladan, qaqsal) kabi etnik guruhlar ham kirgan.

Manbalar tahrir

  1. Population of China according to ethnic group 2010
  2. 2015 POPULATION AND HOUSING BY-CENSUS OF MONGOLIA: NATIONAL REPORT
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 jumladan buryat, qalmiq hamda moʻgʻul xalqlari kiradi.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Всероссийская перепись населения 2010 года. Официальные итоги с расширенными перечнями по национальному составу населения и по регионам. (Wayback Machine saytida 2020-05-13 sanasida arxivlangan): см. (Wayback Machine saytida 2012-10-18 sanasida arxivlangan)
  5. Жуковская Н.Л. Монгольские народы // Народы мира. Энциклопедия / Гл. ред. Л.М. Минц. Москва: Олма медиа групп. 2007. С. 354—356. ISBN 978-5-373-01057-3.
  6. Монголы[sayt ishlamaydi] / Жуковская Н.Л., Есипова М.В. // Монголы — Наноматериалы. Москва: Большая российская энциклопедия, 2013. С. 5—7. (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю.С. Осипов. 2004—2017, т. 21). ISBN 978-5-85270-355-2.
  7. Нимаев Д. Монгольские народы: Этническая история и современные этнокультурные процессы. Lambert Academic Publishing. 2011. ISBN 978-3843324403.
  8. Монголы[sayt ishlamaydi] / Жуковская Н.Л., Есипова М.В. // Монголы — Наноматериалы. Москва: Большая российская энциклопедия, 2013. С. 5—7. (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю.С. Осипов. 2004—2017, т. 21). ISBN 978-5-85270-355-2.
  9. Жуковская, Есипова. 2013, с. 5—7.
  10. Чингисиана: свод свидетельств современников / Пер., сост. и коммент. А. Мелехин. Москва: Эксмо. 2009. С. 238.
  11. XII asrda Onon, Kerulen va Tuul daryolari vodiysidagi „Xamag Mongol“ („Barcha moʻgʻullar“) ulusining birinchi xoni, Chingizxonning (Temuchin) bobosi.
  12. История Монголии (2003). Том 2.
  13. Банзаров Д. Собрание сочинений. 2-е доп. изд. Улан-Удэ. 1997. С. 95.
  14. Хасдорж Ч. Монгол гэдэг нэрийн тухай. Улаанбаатар. 1959. С. 14—19.
  15. Eldengdei Ardajib. Mongγul-un niγuca tobčiyan. Seyiregülül, tayilburi. Köke qota. 1996. 526 х.
  16. Очир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. ISBN 978-5-903833-93-1.
  17. Пэн Да-я, пер. Линь Кюн-и и Н.Ц. Мункуева. ДОКУМЕНТЫ->МОНГОЛИЯ->ПЭН ДА-Я И СЮЙ ТИН->КРАТКИЕ СВЕДЕНИЯ О ЧЕРНЫХ ТАТАРАХ (1235, 1235-36). www.vostlit.info.
  18. Зориктуев Б.Р. Происхождение древнемонгольских терминов киян и кият // Вестник БГУ. 2010. С. 96—101.
  19. Сравнительный словарь тунгусо-маньчжурских языков: материалы к этимологическому словарю. Ленинград. 1975. Т.1. С. 525—526, 529—530.
  20. Билэгт Л. О происхождении этнонима «монгол» // Угсаатны судлал. Studia Ethnologica. Tom. XI, fasc. 1—17. Улаанбаатар. 1997. С. 28—34.
  21. Рашид ад-Дин. Сборник летописей. Москва-Ленинград: Изд-во АН СССР. 1952.
  22. Зориктуев Б.Р. Происхождение древнемонгольских терминов киян и кият // Вестник БГУ. 2010. С. 96—101.
  23. Очир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. — ISBN 978-5-903833-93-1.
  24. Н. Наваан. Бронзовый век Восточной Монголии.
  25. История Монголии. Том I. 2003.
  26. Гумилёв Л.Н. Хунны в Азии и Европе. gumilevica.kulichki.net.
  27. Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. — Москва-Ленинград: Академия наук СССР, 1950.
  28. Бембеев Е.В., Команджаев А.Н. Происхождение хунну в свете данных археологии, антропологии и анализа письменных источников. cyberleninka.ru.
  29. Ular boʻrjiginlarning bir tarmogʻi hisoblangan, biroq „Jome at-tavorix“da ular darlekin moʻgʻullari orasida ham tilga olinadi.
  30. „Jome at-tavorix“ asariga koʻra, ularning baʼzilari nirun moʻgʻullari qabilasiga mansub, chunki ularning onasi Alan Quvo, baʼzilari esa darlekin moʻgʻullariga mansub boʻlishgan.
  31. moʻgʻullashgan tibet-birma xalqi.
  32. Очир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. ISBN 978-5-903833-93-1.
  33. Ушницкий В. В. Загадка племени меркитов: проблема происхождения и потомства // Вестник Томского государственного университета. История. 2013. Вып. 1 (21). С. 191—195. ISSN 1998-8613.
  34. Очир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. ISBN 978-5-903833-93-1.
  35. Ургийн овгийн талаарх мэдээлэл. Үндэсний Статистикийн Хороо.
  36. Очир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. ISBN 978-5-903833-93-1.
  37. Joshua Project. Moghal | Joshua Project. joshuaproject.net.
  38. Харьков В.Н., Степанов В.А., Медведева О.Ф., Спиридонова М.Г., Максимова Н.Р., Ноговицына А.Н., Пузырев В.П. Происхождение якутов: анализ гаплотипов Y-хромосомы // Молекулярная биология. Т. 42, № 2. С. 226—237. ISSN 0026-8984.
  39. Ушницкий В.В. Историография этногенеза саха: обзор научных гипотез и версий // Вестник Новосибирского государственного университета. Серия: История. Филология. 2011. Т. 10, вып. 5. С. 73—81. ISSN 1818-7919.