Modda – tinch holatda massaga ega boʻlgan zarralar majmui; umumiy tinchlik massasi nolga teng boʻlmagan elementar zarralar (asosan, elektron, proton va neytron). modda gaz, suyuqlik, qattiq jism va plazma holida boʻladi. Modda – materiyanmt asosiy shakllaridan biri. Kvant mexanika, elektrodinamika va elementar zarralar fizikasi taraqqiyoti natijasida fizik reallikning moddadan boshqa shaklda – maydon shaklida boʻlishi ham aniqlandi. Kimyoda moddani bir kimyoviy element atomlaridan iborat oddiy va kimyoviy birikmalardan tuzilgan murakkab moddalarga boʻlish qabul qilingan[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir