Mohiyat va hodisa - falsafiy tushunchalar. Mohiyat narsalarning ichki mazmuni boʻlib, ularning turli tuman xossalari va munosabatlarini yaxlit aks ettiradi. Hodisa narsaning biror tarzda zohir boʻlishi, tashqi mavjudlik shaklidir. Insonning bilishi dastlab hodisalarni bilishdan boshlanadi, soʻng uning mohiyatini tushuna boshlaydi. Mohiyat narsalarni chuqur tahlil qilish natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Fanning vazifasi borliqdagi hodisalarni ularning belgi va xususiyatlari ostida yotgan mohiyatni izlab topishdan iborat. M. va h. tushunchalari inson bilimlari tizimining hamma sohalariga tegishli boʻlib, dunyoni bilishning metodologik vositasi hisoblanadi. Narsalarning doimo oʻzgarib va rivojlanib turishi jarayonida ularning mohiyati, shunga mos tarzda hodisalar ham oʻzgarib turadi. Mohiyatdagi har qanday juzʼiy oʻzgarish muqarrar ravishda hodisada ifodalanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil