Moment (lot. moveo — siljitaman, qoʻzgʻataman) (matematika va fizikada) — ayrim oʻlchov, miqdor va vektorlar nomi. Ehtimollar nazariyasida M. — tasodifiy miqdorlarning sonli harakteristikasi. Tasodifiy miqdor x ning tartibli M. i deb %k ning oʻrta qiymatiga, Ltartibli absolyut M. i deb |^k| ning oʻrta qiymatiga aytiladi. Masalan, tasodifiy miqdorning matematik kutilmasi Mi, uning birinchi tartibli M.idir. Tasodifiy miqdor ʼ, ning Ltartibli markaziy M.i deb (I, —SH)k ning oʻrta qiymatiga aytiladi. Masalan, dispersiya gz2= Di,= M(i,— Mi,)2 ikkinchi tartibli markaziy M.dir.

Mexanikada M. — moddiy nuqtalar tizimida massalar taqsimotining sonli harakteristikasi. Agar toʻgri chiziqdagi xrx2,... koordinatalarida t,, tr (t>0) massali nuqtalar boʻlsa, bu tizimining sanoq tizimi 0 nuqtasiga nisbatan k darajadagi M.i Mk = xht + xht +...boʻladi. k=1 boʻlsa, — statik M., k=2 boʻlsa, — inersion M. deyiladi. Fizikada kuch momenti, harakat miqdori momenti, inersiya momenti kabi tushunchalar mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil