Moskva knyazligi - poy taxti Moskva shahri boʻlgan yagona Rusdavlatining hududiy markazi. 14-asr boshlarida Moskva knyazligi Kolomna (1301), Pereyaslavlzalessk (1302), Mojaysk (1303) lar qoʻshilib ancha kengaygan. Vladimir ulugʻ knyazligidan 13-asrning 60—70-yillarida ajralib chiqqan va Shim.-Sharqiy Rusning yirik davlatiga aylangan. Moskva buyuk knyazligik.ning yuksalishida deqqonchilik, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi muhim omil boʻlgan. Moskva knyazligi Rus yerida siyosiy ustunlikni qoʻlga olish uchun kurash olib borgan. 14-asrning 60-yillarida Buyuk knyazlik unvonini D. I. Donskoy oʻz qoʻliga olgan (1359—89). Shu vaqtdan boshlab Moskva moʻgʻul istilochilariga qarshi kurashuvchi kuchlarning markaziga aylangan. 1380-yil Kulikovo jangitsan soʻng, Moskva buyuk knyazligi k.ning rus yerlarini birlashtirishdagi markazlik roli mustahkamlangan. 15-asrning 1-choragida rus knyazlari oʻrtasida oʻzaro urushlar boshlangan, u Vasiliy gʻalabasi bilan tugagan. Moskva buyuk knyazligik. yangi tashkil topayotgan va markazlashgan Rus davlatining negizi boʻlib qolgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil