Moskva urushi - Ikkinchi jahon urushi dagi yirik urushlardan biri (1941.30.9 — 1942.20.4). Mudofaada turgan (1941.5.12 gacha) sovet qoʻshinlarining Gʻarb (general-polkovnik I. S. Konev, 10-oktabrdan armiya generali G. K. Jukov), Rezerv (marshal S. M. Budyonniy), Bryansk (genaral-polkovnik A. I. Yeremenko, oktabrdan general-mayor G. F. Zaharov) va Kalinin (general-polkovnik I. S. Konev) frontlari shiddatli urushlardan soʻng, olmon qoʻshinlarining "Markaz" armiyalar guruhi (general-feldmarshal F. Bok) hujumini Volga suv omboridan janubroqda, Dmitrov, Yaxroma, Krasnaya Polyana (Moskvadan 27 km narida), Istradan sharqroqda, Kubinkadan gʻarbroqda, Naro-Fominsk, Serpuxovdan gʻarbroqda, Aleksin, Tuladan sharqrokda toʻxtatib dushmanni holdan toydirganlar. 5—6-dekabrda sovet qoʻshinlari qarshi hujumga oʻtib, 1942-yil 7—10-yanvarda butun front boʻylab yalpi hujumga oʻtganlar. 1942-yilning yanvar — aprelida Shimoli-Gʻarbiy (generalleytenant P. A. Kurochkin), Kalinin, Gʻarbiy va Bryansk (general-polkovnik Ya.T. Cherevichenko) frontlarining soʻl qanot qoʻshinlari raqibni magʻlubiyatga uchratib, uni 100–250 km nariga uloqtirib tashlashgan. Ikkinchi jahon urushida olmonlar armiyasi ustidan ilk bor yirik gʻalabaga erishilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil