Moturidiylik (arabcha: الماتريدية)  (arabcha : ạlmạtrydyẗ : al-Māturīdiyah[1]) — islom taʼlimotining asosiy sunniy maktablaridan biri boʻlib IX-X asrlarda sxolastik dinshunos Abu Mansur al-Moturudiy[1] – o‘zbek musulmon olimi, aqidashunos, faqih, usul sohibi tomonidan ishlab chiqilgan.

Moturudiy aqidasi tahrir

Al-Moturidiy bir sistematik ilohiyot (kalom) maktabi ostida Balx va Movarounnahrning  hanafiy musulmon ilohiyotchilari orasidagi mavjud teologik islomiy eʼtiqodlarni tizimlashtirdi va tartibga soldi[1]. U islom dinining muqaddas kitoblarini sharhlashda asos qilib sunnatni va saxobalar hayotini olgan. Imomi Moturudiy va Imomi Ashariy aqida asoslarining farqi yoʻq ayrim ihtiloflar faqatgina mintaqa soxalarining kelib chiqishi bilan bogʻliq masalalarda uchrab turadi[2][3]. Moturidiylikda har bir insonning taqdiri Alloh tomonidan belgilab qoʻyilganiga qaramay, u oʻz xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb hisoblanadi. Moturidiylikka koʻra, inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda taqdir sinovlaridan oʻtishi kerak va toʻgʻri yoʻlni topish uchun harakat qilishi kerak. Hayoti davomida har bir qabul qiladigan qarorlari oʻziga bogʻliq ekanligini takidlaydi[3].

Tarixi tahrir

Moturudiylik dastlab Oʻrta Osiyoning Movarounnahr(hozirgi O'zbekiston)hududidan tarqalgan edi, lekin u XVI asrda Safaviylar shialikni qabul qilgunga qadar Forsning sunniy musulmonlari va Ahl-ar-Ray (aql ahli) oʻrtasida hukmron teologik yoʻnalishga aylandi[4]. Moturudiylik Usmonli imperiyasida va Hindistondagi Boburiylar hukumdorligida asosiy etiqod shali sanalar edi.  Qadimgi Usmonli va Boburiylardan tashqari koʻpchilik turkiy qabilalar , Hui xalqi , Oʻrta Osiyo va Janubiy Osiyo musulmonlari ham Moturidiy etiqodiga amal qiladilar. Arab moturidiy olimlari ham boʻlgan.

Moturidiylik taʼlimoti rivojlanib, XIII asrdan keyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon Sharqi mamlakatlariga yoyildi[5]. Saljuqiylar hukmronligi davrida hamma joyda islom aqidalarida moturidiylik tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga eʼtiqod qiluvchilarning barchasi aqida bobida imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan asarlarga tayanib ish koʻradilar[6]. Islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shom. Afrikada bu taʼlimot hozir ham oʻrta va oliy diniy oʻquv yurtlarida mustaqil fan sifatida oʻqitib kelinadi.[7].

Moturudiy e'tiqodi tahrir

Al-Moturidiy islom fiqhidagi hanafiy mazhabining yetakchi olimi boʻlib, oʻzining teologik qarashlari va gnoseologik nuqtai nazarini maktabning asoschisi Abu Hanifa an-Nuʼmon (milodiy VIII asr) taʼlimotiga asoslagan[8]. Islom ilohiyotidagi Moturidiy maktabi shunday deydi:

  • Allohning barcha sifatlari azaliydir va bu sifatlarning ibtidosi yoʻq[9].
  • Etiqod mavjud taʼlimot va odamlar uni faqat aql orqali tan olishlari mumkin [10].
  • Insonlar Xudoni anglashda indviduval boʻlsa ham, ular paygʻambarlar va elchilarning vahiylari va yoʻl-yoʻriqlariga muhtojdirlar, chunki insonning xohishi aqlni chalgʻitishi mumkin va bu paygʻambarlarga Allohning maʼlum bilimlari maxsus berilgan (masalan, Qur’on Islomga koʻra Muhammad paygʻambarga nozil qilingan). Musulmonlar ishonadigan kishilarga bu maxsus bilim Xudo tomonidan berilgan va faqat Muhammad paygʻambar orqali bu bilim boshqalarga ochiq boʻlgan.
  • Insonlar Xudo bergan imkoniyatlar doirasida oʻz qarorlarini tanlashda erkindirlar. Shunga koʻra, Xudo barcha imkoniyatlarni yaratgan, lekin odamlar tanlovda erkindir.

Imonning ustunlari[11].

  • Diniy idoralar oʻz fatvolarini isbotlashi uchun asosga muxtoj[12].

Ilm va falsafani qoʻllab-quvvatlash[13]. Moturidiylar, iymon amaliga qarab koʻpaymaydi va kamaymaydi, deganlar. Bu taqvo (taqvo) boʻlib, koʻtaradi va kamaytiradi. [26] Moturidiylar tavhidning muhimligini taʼkidlaydilar. Moturudiylarning aqidasiga koʻra farishtalar gunohdan masum hilqat Hudo ularni nurdan yaratgan[14]. Shayton esa odamga azaliy dushman. Moturudiy aqidasiga koʻra shaytonning asli farishtami yoki avvaldan iblis boʻlganmi ahamiyatli emas[15]. Asosiysi undan extiyot boʻlish va gunoh qilmaslik[16].

Yana qarang tahrir


Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Part I: Islamic Theologies during the Formative and the Early Middle period – Ḥanafī Theological Tradition and Māturīdism“,The Oxford Handbook of Islamic Theology. Oxford and New York: Oxford University Press [2014], 2016 — 280–296 bet. DOI:10.1093/oxfordhb/9780199696703.013.023. ISBN 9780199696703. 
  2. "Māturīdī". Oxford Bibliographies – Islamic Studies. Oxford: Oxford University Press. 28 November 2016. doi:10.1093/obo/9780195390155-0232. https://www.oxfordbibliographies.com/view/document/obo-9780195390155/obo-9780195390155-0232.xml. <!--->
  3. 3,0 3,1 „An Outline of al-Māturīdī’s Teachings“,Al-Māturīdī and the Development of Sunnī Theology in Samarqand, Islamic History and Civilization. Leiden and Boston: Brill Publishers, 2015 — 231–312 bet. DOI:10.1163/9789004261846_010. ISBN 978-90-04-26184-6. 
  4. Henderson, John B. „The Making of Orthodoxies“,. The Construction of Orthodoxy and Heresy: Neo-Confucian, Islamic, Jewish, and Early Christian Patterns. Albany, New York: SUNY Press, 1998 — 55–58 bet. ISBN 978-0-7914-3760-5. 
  5. Houtsma, M. Th.; Arnold, T. W.; Basset, R. et al., eds (2012) [1936]. "Māturīdī". Encyclopaedia of Islam, First Edition. 3. Leiden and Boston: Brill Publishers. doi:10.1163/2214-871X_ei1_SIM_4608. ISBN 9789004082656. 
  6. „Chapter 1: Tradition and Reason“,Transcendent God, Rational World: A Māturīdī Theology, Edinburgh Studies in Islamic Scripture and Theology. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2021. ISBN 9781474451673. 
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  8. Akimkhanov, Askar Bolatbekovich, et al. „Principles of Abu Mansur al-Maturidi, Central Asian Islamic theologian preoccupied with the question of the relation between the Iman/Credo and the action in Islam.“ European Journal of Science and Theology 12.6 (2016): 165-176.
  9. Cenap Çakmak Islam: A Worldwide Encyclopedia [4 volumes] ABC-CLIO 2017 ISBN 978-1-610-69217-5 page 1014
  10. Oliver Leaman The Biographical Encyclopedia of Islamic Philosophy Bloomsbury Publishing 2015 ISBN 978-1-472-56945-5 page 311
  11. Oliver Leaman The Qur’an: An Encyclopedia Taylor & Francis 2006 ISBN 978-0-415-32639-1 page 41
  12. Ulli Roth, Armin Kreiner, Gunther Wenz, Friedo Ricken, Mahmut Ay, Roderich Barth, Halis Albayrak, Muammer Esen, Engin Erdem, Hikmet Yaman Glaube und Vernunft in Christentum und Islam. Stuttgart: Kohlhammer Verlag 2017 ISBN 978-3-170-31526-6 page 83
  13. Cenap Çakmak Islam: A Worldwide Encyclopedia [4 volumes] ABC-CLIO 2017 ISBN 978-1-610-69217-5 page 1015
  14. „The Foundation and Establishment of Ḥanafite Theology in the Second/ Eighth and Early Third/Ninth Centuries“,Al-Māturīdī and the Development of Sunnī Theology in Samarqand, Islamic History and Civilization. Leiden and Boston: Brill Publishers, 2015 — 21–71 bet. DOI:10.1163/9789004261846_003. ISBN 978-90-04-26184-6. 
  15. Yüksek Lisans Tezi Imam Maturidi’nin Teʼvilatu’l-kur’anʼda gaybi konulara İstanbul-2020 2501171277
  16. T. C. İSTANBUL ÜNİVERSİTESİ SOSYAL BİLİMLER ENSTİTÜSÜ TEMEL İSLAM BİLİMLERİ ANABİLİM DALI YÜKSEK LİSANS TEZİ İMAM MÂTURİDÎ’NİN TEʼVÎLÂTU’L-KUR’ÂNʼDA GAYBÎ KONULARA YAKLAŞIMI ELİF ERDOĞAN 2501171277 DANIŞMAN Prof. Dr. Yaşar DÜZENLİ İstanbul-202