Muchkalitsa (serbcha: Мућкалица) — serb taomi, goʻsht va sabzavotlardan tayyorlangan ragu[1]. Muchkalitsa retseptlari janubiy Serbiyadagi mahalliy oshxonaning bir qismidir: Leskovats, Kosovodagi Shar-Planina, Toplitsa[2]. Bu taomning asosiy xususiyati shundaki, pishirishdan oldin goʻshtni grilda tayyorlab olish kerak[3][4]. Uning nomi mućkati soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „silkitish, aralashtirish“ degan maʼnoni anglatadi.

Tayyorlanishi tahrir

Muchkalitsa goʻshti anʼanaviy tarzda grilda pishiriladi, koʻpincha, sovib qolgan kabobdan tayyorlanadi. Shu bilan birga, koʻplab retseptlarda goʻsht oddiy tovada qovuriladi. Bu choʻchqa goʻshti, mol goʻshti yoki qoʻy goʻshti boʻlishi mumkin. Qovurilgan sabzavotlar: piyoz, shirin qalampir, pomidor va sarimsoqqa qovurilgan goʻsht boʻlaklari qoʻshiladi. Bir oz suv yoki bulyon solib, pishgunicha qaynatiladi[5], baʼzan pechda bir necha daqiqa pishiriladi[6].

Muchkalitsaning turli hududiy variantlari mavjud. Eng mashhuri Leskovats muchkalitsasi[7], choʻchqa goʻshti, piyoz, bolgar qalampiri, pomidor, sarimsoq va garmdoridan tayyorlanadi[8].

Toplitska muchkalitsasi[9] — choʻchqa goʻshti filesi, feta pishlogʻi, qoʻziqorin, soya sousi va kavardan tayyorlanadi.

Sharplanin muchkalitsasi — qoʻy goʻshtidan tayyorlanadi.

Manbalar tahrir

  1. Spesii, pryanosti i travi v domashney kuxne / Aleksey Onegin. — M.: Eksmo, 2020
  2. „Leskovačka mućkalica – recept“. Sećanja. Qaraldi: 24. 1. 2020.
  3. „Leskovačka mućkalica – recept“. secanja.com. Qaraldi: 16. 1. 2021.
  4. Serbskaya muchkalitsa / Mućkalica (resept)
  5. „Stari recepti sa juga Srbije: Leskovačka mućkalica“. juznasrbija.info. Qaraldi: 16. 1. 2021.
  6. „Mućkalica“. odabranirecepti.blogspot.com. Qaraldi: 16. 1. 2021.
  7. „Leskovačka mućkalica“. Nezavisne. Qaraldi: 24. 1. 2020.
  8. Leskovachka muchkalitsa
  9. „Toplička mućkalica“. Kuhinjica. Qaraldi: 24. 1. 2020.