Mukofot – bironbir faoliyat sohasidagi aloxida yutuklar uchun ragʻbatlantirish shakli. Oʻzbekiston Respublikasi da pul va natura koʻrinishidagi, yakka shaxslarga yoki jamoaga beriladigan M.lar mavjud. M.lar oʻzining darajasiga koʻra: davlat M.lari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining M.lari, korxona, muassasalarning oʻz xodimlariga beradigan M.lari, xalqaro M.larga; shakliga kura esa – ordenlar, medallar, faxriy unvonlar, qimmatbaho sovrinlar, pul M.lari va boshqalarga boʻlinadi.

Davlat M.lari fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, fantexnika, sanʼat va adabiyot hamda boshqa sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritganligi, taraqqiyotga katta hissa qoʻshganligini rasman eʼtirof etilishini bildiradi. Davlat M.larining turlari, takdirlanish shartlari, tartiblari qonunlar va boshqa rasmiy hujjatlarda belgilab qoʻyiladi. Oʻzbekistonda fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Raphon Beruniy) nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, badiiy ijod sohasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, tasviriy va amaliy sanʼat, xalq hunarmandchiligi soxasida Kamoliddin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, adabiyot va sanʼat sohasida Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, iqtidorli qizlar uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1995 yil 22 dekabr)ga koʻra, „Oʻzbekiston Hahramoni“ unvoni, Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari, faxriy unvonlari va Faxriy yorligʻi davlat M.lari hisoblanadi (qarangOʻzbekiston Respublikasining orden va medallari, Faxriy unvonlar).

Ayrim shaxslarni jamiyat hayotidagi salmoqli hissasini taqdirlash maqsadida Jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining M.i ham taʼsis etiladi (mas, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, rassomlar uyushmasi yoki b. jamoat birlashmalarining M.lari).

Korxona, muassasalarning oʻz xodimlariga beradigan M.lari – mehnat intizomkpch mustahkamlashning asosiy h^kuqiy usullaridan hisoblanadi. Korxonada xodimlarni M.lash ichki mehnat tartibi qoidalari, M.lashga oid ichki nizomlar, boshqa lokal meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. U moddiy va maʼnaviy tusda boʻladi. Moddiy yoʻsindagi M.lar jumlasiga qimmatbaho buyum bilan yoki pul koʻrinishida beriladigan M.lar kiradi. Pul M.i korxonada ish qaqi toʻlash tizimida nazarda tutilgan (ish natijasiga koʻra muntazam berib boriladigan) va ish haqi tizimida nazarda tutilmagan (bir martalik) M.larga boʻlinadi. Ish haqi toʻlash tizimida nazarda tutilgan (shu jumladan, korxona yillik ish natijalariga koʻra tulanadigan „oʻn uchinchi“ va hatto „oʻn toʻrtinchi“ oylik deb ataluvchi) M.larni berish mezonlari, shartlari, tartiblari korxonaning bevosita oʻzida ish beruvchi tomonidan xodimlar vakillik organi bilan kelishib tasdikdanadigan ichki meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Korxonalarda tashakkur eʼlon qilish, hurmat kitobiga nomini yozish, korxona faxriy unvonlarini berish va h.k. shakllardagi maʼnaviy ragʻbatlantirishlardan foydalanilishi mumkin. Xodimlarni mukofotlashda qar bir xodimning korxona yutugʻiga qoʻshgan qissasini alohida va munosib baholash ish samaradorligini oshirishga taʼsir qiladi.

Xalqaro M.lar – xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, xorijiy xususiy shaxslar tomonidan muayyan sohada olamshumul ahamiyat kasb etuvchi yutuklarga erishgan kishilarni taqdirlash (pul yoki maxsus unvonlar, xalqaro grantlar va boshqa berish) uchun taʼsis etiladi (mas, Nobel mukofoti, YUNESKO xalqaro M.i va h.k.).

Yoʻldosh Tursunov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil