Mulk Raj Anand (1905.12.12 — Peshovar — 2002.15.9) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. London universitetini tugatgan (1929). Ingliz va hindiy tillarida ijod qilgan. Sajjod Zohir bilan hamkorlikda Hindiston taraqqiy-parvar yezuvchilari assotsiatsiyasiga asos solgan (1936). Dastlabki asarlari — „Daxlsiz“ (1935), „Hammol“ (1936), „Qishloq“ (1939), „Qilich va Oʻroq“ (1942), „Katta qalb“ (1945) romanlari hamda „Sartaroshlar ittifoqi“ (1944), „Traktor va don maʼbudasi“ (1947) hikoyalar toʻplamlari va boshqa publitsistik maqolalarida choy plantatsiyalarida ishlaydigan ishchi va dehqonlarning ogʻir hayoti tasvirlangan. „Hindiston rojasining hayoti“ (1953), „Yoʻl“ (1961), „Qahramon oʻlimi“ (1963) kabi roman va hikoyalarida mustamlakachilik illatlarini fosh etadi, ayollar huquqini yoqlaydi. „Yetti yil“ (1951), „Tong jamoli“ (1944), „Oshiqning tavbasi“ (1976) avtobiografik trilogiyasida mustamlakachilik oqibatlariga qarshi, ozodlik uchun kurashgan qahramon harakterining shakllanishi aks etgan. „Hind teatri“ (1950), „Hind xalq raqslari“ (1957) va boshqa ilmiy asarlar muallifi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil